COUNT(*) – So‘rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini hisoblaydi.
Agregatlash argumenti bo‘lib, ustun nomidan tashqari ixtiyoriy matematik ifoda xizmat qilishi mumkin. Misol uchun quyidagi so‘rovda: sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‘rtacha protsenti qancha?
SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA)) FROM SALESREPS
Yana bir shakl: Sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‘rtacha protsenti qancha?
SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA)) PROCENT FROM SALESREPS
Bu holda ustun nomi ma‘noliroq, lekin bu asosiysi emas. Ustunlar summasini hisoblab ko‘ramiz. SUM() funksiyasini qo‘llaymiz, ustun sonli bo‘lishi kerak.
Masalan, quyidagicha: kompaniya xizmatchilari sotuvlar hajmi rejadagi va xaqiqiy o‘rta qiymati qanchaga teng?
SELECT SUM(QUOTA), SUM(SALES) FROM SALESREPS
AVG() agregatlash funksiyasiga yana bir necha sodda misollarni ko‘ramiz.
Masalan: "ACI" ishlab chiqaruvchi mollari o‘rtacha narxini hisoblang.
SELECT AVG(PRICE) FROM PRODUCTS WHERE MFR_ID = 'ACI'
Ekstremumlarni topish funksiyalari yani MIN(), MAX() funksiyalarini ko‘ramiz.Bu funksiyalar sonli ustunlar, sanalar va satrli o‘zgaruvchilar bilan ishlaydi. Eng soda qo‘llanishi sonlar bilan ishlash. Masalan quyidagi so‘rov beramiz: eng ko‘p va kam sotuvlar rejadagi hajmi?
SELECT MIN(QUOTA), MAX(QUOTA) FROM SALESREPS
Bu sonlarni o‘z ichiga olgan ustunlardir. Yana bir so‘rov beramiz: bazadagi buyurtmalarning ichida eng oldin berilgan so‘rov sanasi?
Satrlar bilan ishlaganda har xil SQL serverlardagi kodirovkalar har xil natija berishi mumkin. Yozuvlar sonini sanash uchun COUNT() qo‘llanadi. Bu funksiya son qiymat qaytaradi. Masalan: Kompaniyamiz mijozlari soni nechta?