MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?
O‘quvchilar bir ma‘lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?
O‘quvchilar bir ma‘lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin? 4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish
mumkin?
Axborot obyektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste’molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot obyektlarning tasifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.
Keyin axborot obyektlari orasidagi aloqalarni aniqlaymiz. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz: 1.Axborot obyektlari orasidagi aloqalar turi qanday?
2.har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin? 3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi
aloqalar bo‘lishi mumkin?
4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma‘noga egami? Obyektlarga, ularning tasiflariga va aloqalariga cheklanishlar berishga harakat qilamiz. Buning uchun quyidagi savollarga javob berish zarur: 1.Sonli tavsifnomalar uchun qiymatlarning o‘zgarish sohasi
qanday?
Bir axborot obyektning tavsiflari orasidagi qanday funksional boQlanishlar bor?
Har bir tur aloqalarga qanday turdagi akslantirishlar mos keladi?
Axborot obyektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA, SINOV_Daftari, FAKULTET, O‘QITUVCHI axborot
obyektlarini qarash mumkin.
TALABA, SINOV_DAFTARI, FAKULTET,
O‘QITUVCHI axborot obyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
Axborot tuzilmalarini qurish. Premet sohasini tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini (yoki konseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan iboratdir. Predmet sohasini tavsiflash yoki konseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun maxsus yaratilgan modellardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Ko‘p hollarda, konseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy agregatsiya va umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot obyektlari (ma‘lumotlar elementlari) ularning orasidagi semantik aloqalarga mos ravishda bir obyektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus yo‘lovchilarni jo‘nash punktidan kelish punktiga tashiydi. Agregatsiya usuli bilan quyidagi atributlarga ega bo‘lgan REYS axborot obyektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo‘natish shaxobchasi", "kelish shaxobchasi", "avtobus reysi"
Dostları ilə paylaş: |