Nazorat savollari
Relyatsion ma‘lumotlar bazasini rеjalashtirish tushunchalari.
Ma‘lumotlar bazasini hayot siklini keltiring.
Ma‘lumotga samarali murojaatni tashkil qilishga misollar keltiring.
Ma‘lumotlar bazasini administratorlash usullari.
Ma‘lumotlar bazasida aloqadorlik chеgaralari tarifini keltiring.
Ma‘lumotlar bazasini normallashtirish: 1NF, 2NF, 3NF va Kodd normal formalari
Normallashtirish deganda berilgan munosabatni bir necha marta oddiy va kichik munosabatlarga ajratish tushuniladi. Bu jarayonda mumkin bo‘lgan barcha funksional bog‘lanishlar aniqlanadi.
Misol. A va V atributlar berilgan bo‘lsin. Agar ixtiyoriy vaqtda A atributni bittadan ortiq bo‘lmagan qiymatimos kelsa, unda V atributda funksional bog‘langan deyiladi va quyidagicha belgilanadi:
A → V Shaxsiy nomer → FamiliyaMasabi → Maosh bog‘lanishlar MB uzluksiz o‘zgarib turadi. Unda yangi ma‘lumot elementlari qo‘shiladi. Ular orasida yangi aloqalar yoki bog‘lanishlar o‘rnatiladi va ularni qayta ishlashni yangi usullari qo‘llaniladi. Bu jarayonda imkoni boricha foydalanuvchi yaratgan MBbilan ishlash uchun yaratilgan dastur ilovasini kam o‘zgartirishga harakat qiladi.
Bu muammoni hal qilish uchun ma‘lumot elementlarini asosli ravishda guruhlarga birlashtirish va ular uchun kalitlarni aniqlash yo‘li bilan hal qilinishi mumkin. Hozirgi kunda axborot tizimlari ishlab chiqaruvchilar ma‘lumotlarni 3 – normal formada tasvirlab ishlatishni taklif etadilar.
Funksional bog‘lanish tushunchasi. Relyasion MB da ma‘lumotlarni strukturasidan tashqari ularni sxematik informatsiyasiga ham etibor beriladi. MB ni strukturasi haqidagi informatsiya munosabat sxemasi yordamida beriladi. Sxematik informatsiyalar esa atributlar orasidagi funksional bog‘lanishlar orqali ifodalanadi. MB munosabatlarida atributlarni tarkibini quyidagi talablarga javobberadigan qilib guruhlash kerak:
Atributlar orasidagi zaruriy bo‘lmagan takrorlanishlar bo‘lmasligi kerak.
Atributlarni guruhlaganda ma‘lumotlar takrorlanishi minimal darajada
qilib ta‘minlanishi kerak.
Bu bevosita ma‘lumotlarni tez qayta ishlash imkonini beradi. Bo’nga normallashtirish jarayoni yordamida erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |