Funksiya COUNT(*) satrlar sonini hisoblaydi va ustunda NULL qiymat bor yo‘qligiga bog‘liq emas. Agar ustunda satrlar bo‘lmasa, bu funksiya nol qaytaradi
Funksiya COUNT(*) satrlar sonini hisoblaydi va ustunda NULL qiymat bor yo‘qligiga bog‘liq emas. Agar ustunda satrlar bo‘lmasa, bu funksiya nol qaytaradi.
DISTINCT funksiyasini agregat funksiyalar bilan birga ishlatish mumkin.
Masalan quyidagi so‘rovlarda: kompaniyamizda qancha har xil raportlar nomlari mavjud?
SELECT COUNT(DISTINCT TITLE) FROM SALESREPS
DISTINCT va agregatlar ishlashda quyidagi qoidalar mavjud. Agar siz DISTINCT va agregat funksiyani ishlatsangiz uning argumenti faqat ustun nomi bo‘lishi mumkin, ifoda argument bo‘lolmaydi. MIN(), MAX() funksiyalarida DISTINCT ishlatish ma‘nosi yo‘q. COUNT() funksiyasida DISTINCT ishlatiladi, lekin kam hollarda COUNT(*) funksiyasiga umuman DISTINCT qo‘llab bo‘lmaydi, chunki u satrlar sonini hisoblaydi. Bita so‘rovda DISTINCT faqat bir marta qo‘llanishi mumkin. Agarda u agregat funksiya argumenti sifatida qo‘llanilsa,boshqa argument Bilan qo‘llash mumkin emas.
Agregatlar va ma‘lumotlarni guruhlash.Agregat funksiyalar jadval uchun natijaviy satr hosil qiladi.
Masalan, oraliq natijani topish lozim bo‘lsin. Bu holda guruhlanishli so‘rov yordam beradi. Ya‘ni SELECT operatorining GROUP BY ifodasi. Avval GROUP BY ifodasi qatnashgan quyidagi so‘rovni ko‘ramiz: Har bir xizmatchi uchun buyurtma o‘rtacha narxi qancha?
SELECT REP, AVG(AMOUNT) FROM ORDERS
GROUP BY REP REP maydoni bu holda guruhlash maydonidir, ya‘ni REP maydonning hamma qiymatlari guruhlarga ajratiladi va har bir guruh uchun AVG(AMOUNT) ifodasi hisoblanadi. Ya‘ni quyidagilar bajariladi: so‘rovlar har bir xizmatchaga bittadan guruhga ajratiladi. Har bir guruhda REP maydoni bir xil qiymatga ega.Har bir guruh uchun guruhga kiruvchi hamma satrlar bo‘yicha AMOUNT ustuni o‘rta qiymati hisoblanadi va bita natijaviy satr hosil qilinadi. Bu qator guruh uchun REP ustuni qiymati vash u guruh uchun so‘rov o‘rta qiymatini o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, GROUP BY ifodasi qo‘llanilgan so‘rov, "GURUHLANISHLI SO‘ROV " deb ataladi. Shu ifodadan keyin kelgan ustun "guruhlash ustuni " deyiladi. Yana bir necha guruhlanishli so‘rovlarni ko‘rib chiqamiz.
Har bir ofis uchun sotuvlarning rejalashtirilgan hajmi diapazoni qancha?