1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org
Aniq bir MBBTni tanlash
Konseptual sxemani mantiqiy sxemaga o‘tkazish 3.Zarur kalitlarni tanlash
4.So‘rov tilini tavsiflash
Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta
mas’uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko‘pligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p sonli harakteristikalar bo‘yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to‘liq qanoatlantirishi mumkin bo‘lsin. CHunki MBda axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to‘Qri tanlashdan boQliq bo‘ladi.
MBBTni tanlashning asosiy me’yorlaridan biri-bu ma‘lumotlarni ishlatadigan ichki modelining konseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat. SHaxsiy komp’yuterlar uchun mo‘ljallangan MBBTlarning ko‘pchiligi, odatda ma‘lumotlarning relyasion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyasion model asosida yaratilgan. Agar relyasion tizim tanlangan bo‘lsa, u holda MBning konseptual sxemasini relyasionga akslantirish (o‘tkazish) oldinda turibdi.
Ishning mazmuni bo‘yicha ma‘lumotning tanlangan modeli (relyasion, tarmoq va ierarxik) ma‘lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma‘lumotlarni tavsiflash tilida bajariladi.
MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma‘lumotlarni manipulyasiya qilish tildan iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko‘p hollarda ma‘lumotlarni manipulyasiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga o‘rnatilgan (kiritilgan) bo‘ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: quyi pog‘onadagi til va yuqori poQonadagi til. Odatda quyi pog‘onadagi til protsedurali, yuqori poQonadagisi esa deklarativ til bo‘ladi. Protsedurali tillardan foydalanish ma‘lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo‘lsa ko‘prok professional bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. Shuning uchun ma‘lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi bo‘lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi.
Axborot obyektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash. Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi poQonasi axborot obyektlarini tanlash, har bir obyekt uchun zarur xossalarini berish, obyektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot obyektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot obyektlari orasidagi
aloqalarning turlarini va axborot obyektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.
Axborot obyektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz: