Kesuvchi asbobning turgunligi va optimal turgunligini tanlash.
Kesuvchi asbobning turgunligi deb – aniq bir kesish rejimida kesuvchi asbobning charxlanishgacha eki charxlash orasidagi kesib ishlash vaktiga
aytiladi va T xarfi bilan ifodalanadi. Kesuvchi asboblarning kuplari butunlay yaroksiz xolga kelib kolguncha bir necha marta charxlanib ishlatilishi mumkin.
Bunday xolda asbobning umumiy turgunligi charxlashlar oraligidagi turgunliklarning yigindisiga teng bo’ladi, ya`ni
Tum=(N+1)T min ( )
Bu erda Tum - umumiy turgunlik, min;
T – charxlashgacha eki charxlashlar orasidagi turgunlik, min;
N- yul kuyilishi mumkin bo’lgan charxlashlar soni.
Asbobning turgunligiga ishlanadigan tayerlanmaning materiali, kesuvchi asbobning materiali, kesish rejimi va boshka ishlash sharoitlari ta`sir ko’rsatadi.
Asbobning turgunligi ish unumdorligiga va narxiga katta ta`sir ko’rsatadi; uni shunday taxlash kerakki, bajarilgan ishning narxi eng past mikdorda (minimum) bo’lsin. Murakkab tuzilishga ega bo’lgan kimmatbaxo kesuvchi asboblar katta turgunlik davriga ega bo’lishi kerak. Asbobning turgunligi kesish tezligi bilan teskari mutanosib bo’lib, kuyidagi tenglama bilan xarakterlanadi:
( )
Bu erda St – kesish tezligidan tashkari xamma omillarga bog-
lik bo’lgan doimiylik koeffitsienti.
m – daraja ko’rsatkichi, turgunlik ko’rsatkichi deb yuritiladi.
St va m ifodalarning kiymatlari spravochniklardan olinadi. Kesish tezligi V berilgan bo’lsa, u xolda ushbu tenglama (35) dan foydalanib, asbobning optimal turgunligi, aniqlanadi, ya`ni eki ( ) Masalan: tokarlik keskichlarining turgunligi, agar u tezkesar pulatdan tayerlangan bo’lsa, T=30…60 min, qattiq kotishmalar bilan ta`minlangan keskichlar uchun T=45…90 min, tsilindrik frezalar uchun T=160…240 min va x.k.
Titrash va uning kelib chikish sabablari.
Kesish jarayonida stanok-moslama asbob detal (SMAD) tizimida yuzaga keladigan tebranma xarakatlarga, titrash deb ataladi. Titrash sezilmaydigan darajada eki sezilarli bo’lishi mumkin. Sezilarli titrashda yunilaetgan tayerlanma tebranma xarakatga kelgani yakkol seziladi. Bunday titrash tayerlanmaning yunilaetgan yuzasidan notekisliklar xosil kilib, sirt tozaligini pasaytiradi, kesuvchi asboblarning eyilishini kuchaytiradi, titrash yuzaga kelganda stanoklarning birikmalari buziladi, eyiladi va ishdan chikadi. Plastik materiallarni ishlashda titrash xosil bo’lishi qattiqlanish (naklep) ni yuzaga keltiradi. Demak, kesish jarayonida titrash xosil bo’lishi butunlay zararlidir. Titrash yuzaga kelganda, kupincha kesish tezligini pasaytirishga tugri keladi, natijada ish unumi kamayadi. Tebranishlar vertikal tekislikda xam, gorizontal teksilikda xam sodir bo’lishi mumkin.
Yunilgan yuzada esa titrash izlari bo’lmaydi. Agar yo’nish jarayonida tayerlanma keskich uchidan uzoklashib eki unga yakinlashib tursa, yunilgan yuzada sinusoidadan ma`lum darajada fark kiladigan egri chizik tarzidagi iz xosil bo’ladi Bu xolda kesish kuchi qirindi enining uzgarib borishi natijasida uz kiymatini davriy ravishda uzgartirib turadi. Kesish jarayonida tayerlanmaning radial siljishi vaktida tebranma xarakatlar keskichning geometriyasini uzgartirib turadi. Oldingi burchakining kichraya borishi bilan kesish burchagi δ ortadi. kesish kuchi va plastik deformatsiya kuchayadi, natijada titrash paydo bo’ladi, oldingi burchak orta borganda esa kesish burchagi kamayadi, bunda kesish kuchi va plastik deformatsiya kamayadi. Kesish jarayonida asbobda usimta paydo bo’lganda xam kesish burchagi uzgarib titrashni yuzaga keltiradi. Yunilaetgan material qattiqlanishga qanchalik moyil bo’lsa, titrash shunchalik kuchli bo’ladi. Murt materiallarni kesib ishlashda titrash kamrok bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |