Mavzu:Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida madaniy va ma`rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar. Mundarija: Kirish……………………………………………………………….…. Asosiy qism…………………………………………………………….
1-bob. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohatlar…….. 1. 1. O`zbеkiston Rеspublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo`nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari………………………..
1.2. Iqtsodiyotda yuz bеrgan tarixiy o`zgarishlar, bozor infratuzilmasining shakllanishi…………………………………………..
2-bob. Mustaqillik yillarida ma`naviy-ma`rifiy hayot………………. 2.1. Milliy istiqlol g`oyasi, mafkuraviy masalalar va ta`lim sohasi……..
2.2. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi……………..
Xulosa …………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….. Ilovalar………………………………………………………………......
Kirish. Mavzuning dolzarbligi: Shu kunlarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yoshlar boʻlimi tomonidan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarning har biriga kutubxonalarni boyitish uchun 250 tadan badiiy kitob taqdim etish maqsadida kitob banki toʻplanmoqda. Kitob mutolaasi yoshlarning dunyoqarashi oʻsishida katta ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, ijod maktablari oʻquvchilari kitobxonligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Umuman, mamlakatimizda umummadaniyatni yanada koʻtarish, yoshlarning ilm-fanga, adabiyotga boʻlgan ishtiyoqini oʻstirish va qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi samarali harakatlarda Prezident taʼlim muassasalari hamda Ijod maktablari bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi.Oʻtgan oʻquv yilida uyushma tomonidan ijod maktablariga taqdim etilgan 200 nomdagi kitoblar jamlanmasi “Tanlangan asarlar”, “Nazm boʻstoni”, “Birinchi kitobim” seriyalarida chop etilgan. 2021-yil davomida Ijod maktablari oʻquvchilaridan 15 nafarining kichik toʻplamlari chop etildi.
Mavzuning maqsadi va vazifasi:Barcha Ijod maktabi oʻquvchilari ijodidan jamlangan “Nazm bogʻidan guldasta” toʻplami chiroyli koʻrinishda qayta chop etildi. Kitobga 2020 oʻquv yilida 100 nafar, 2021 oʻquv yilida 285 nafar oʻquvchining ijodiy ishlari kiritilgan. Joriy yildan boshlab Prezident taʼlim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda koʻplab loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirilgan. Xususan, “Ijod bogʻidan guldasta” nomli toʻplamning 3-sonida bu yil maktablarda tahsil olayotgan yosh nosirlar ijodi ham taqdim etiladi.