Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari element! tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko'rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xomashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarimtayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to'/ash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
• korxonada qabul qilingan mehnatga haq to'lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqa-rishdagi hisoblangan ish haqi;
• natura shaklida haq to'lash tartibi bo'yicha beriladigan mahsulot qiymati;
• amaldagi tartiblarga ko'ra, rag'batlantiruvchi to'lovlar, jum-ladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo'shgan holda) tarif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo'shimcha ustama to'lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko'p yillik xizmatlari uchun (shu xo'jalikda bir ixtiso'slikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar (kasb mahorati uchun tarif stakalar va okladlarga nisbatan), ustama to'lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko'p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
• ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog'Iiq tovon to'lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so'nggi ish uchun to'lovlar.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug'urta ajratmalari. Bu elementga budjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me'yorlarga muvofiq ajratiladigan to'lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug'urta fondiga majburiy ajrat-malar, nodavlat pensiya jamg'armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug'urta va sug'urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. Ushbu element bo'yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan, rnoliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo'shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me'yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo'shib, hisoblangan arnortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi. Ta'kidlash joizki, Ne 5 — «Asosiy vositalar» nomli BXMSga muvofiq, asosiy vositalarga arnortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
1. Bir tekis (to'g'ri chiziqli) usul.
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish
usuli).
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig'indisi bo'yicha hisobdan o'chirish usuli (kumulativ usul).
4. Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa xarajat/ar. Bularga jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko'rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari hamda buyumlari bilan ta'minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishchi holatida saqlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini xo'jalik usuli bilan barcha turdagi (joriy, o'rta, kapital) ta'mirlashlar ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalari bo'yicha mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
Amaldagi Nizomga muvofiq, xo'jalik yurituvchi subyektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo'shiladigan xarajatlar;
2) ishlab chiqarish tannarxiga qo'shilmaydigan xarajatlar, ammo davr xarajatlariga qo'shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko'rilgan foydani aniqlash uchun);
3) korxonaning umumxo'jalik faoliyatidan ko'rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari;
4) favqulodda zarar (soliq to'lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan).
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlarini yuqoridagi tarkib bo'yicha guruhlanganda, har bir guruh xarajatlari quyidagicha turkumlanadi:
/. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo 'shiladigan xarajatlar Quyidagicha turkumlanadi: a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; d) ishlab chiqarishdagi ma'muriy xarajatlar.