1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ishsiz shaxslarning kelishini hisobga olish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə48/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
642-qonun(1)

46-modda. Ishsiz shaxslarning kelishini hisobga olish

Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasini olish davrida bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organlariga kelishi shart. Kelish jadvali, sanasi va vaqti ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi mahalliy mehnat organi xodimi tomonidan ishsiz shaxsning mahalliy mehnat organiga kelishi qulayligi hisobga olingan holda belgilanadi.

Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga kelganda mahalliy mehnat organining xodimi:

ishsiz shaxs bilan mazkur shaxsning ishsiz shaxs sifatida maqomini belgilashga va uni ishga joylashtirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida suhbat o‘tkazadi;

ishsiz shaxsni mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risida, kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tish yoki malakasini oshirish imkoniyatlari haqida, shuningdek haq to‘lanadigan jamoat ishlari to‘g‘risida xabardor qiladi;

maqbul keladigan ish mavjud bo‘lganda ishga joylashtirishga doir yo‘llanma yoki ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma beradi.

Mahalliy mehnat organi ishsiz shaxslarning o‘z vaqtida mahalliy mehnat organiga kelib turishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

Ishsiz shaxslarning mahalliy mehnat organlariga kelishini hisobga olish ularning ish qidirish va ishga joylashishdagi faolligini oshirish, ularga mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risidagi joriy axborotni taqdim etish, shuningdek ularning ishga joylashishiga va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning ular tomonidan o‘z vaqtida olinishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin