1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə47/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
642-qonun(1)

45-modda. Shaxslarni ishsiz deb e’tirof etishni rad qilish uchun asoslar

Quyidagilar ishsiz deb e’tirof etilmaydi:

taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar;

mahalliy mehnat organiga yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish bo‘yicha sektorga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga biriktirilgan mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar;

ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikka muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (pensiya turidan qat’i nazar);



(45-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;

ishini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, lekin mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar;

sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;

fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va a’zolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

Ishsiz shaxs deb e’tirof etish rad qilingan shaxs taklif etilgan ishni rad etgan paytdan yoki maqbul keladigan ish bo‘yicha taklif olish uchun mahalliy mehnat organiga uzrli sababsiz kelmagan paytdan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun o‘tganidan keyingina ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin