54-modda. Mahalliy mehnat organlarini ishsizlik nafaqasini to‘lashga ta’sir ko‘rsatadigan shartlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish
Ishsizlik nafaqasini olayotgan ishsiz shaxslar mahalliy mehnat organini quyidagilar to‘g‘risida uch kunlik muddatdan kechiktirmay xabardor qilishi shart:
mustaqil ravishda ishga joylashganligi (mehnat shartnomasi tuzganligi);
fermer yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini foydalanishga olganligi;
tadbirkorlik faoliyati yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida boshqa har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan daromad olayotganligi;
tijorat bankidan, mikromoliya tashkilotidan yoki lizing kompaniyasidan kredit yoki lizing olganligi;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga mustaqil ravishda (mahalliy mehnat organi vositachiligisiz) kirganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lganligi (pensiya turidan qat’i nazar);
(54-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
harbiy majburiyatlarni bajarganligi va harbiy xizmatga tayyorgarlik bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etganligi;
yashash joyi o‘zgarganligi;
ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlar.
Mahalliy mehnat organlari ishsizlik nafaqasini to‘lash shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan va idoralararo hamkorlikning boshqa shakllaridan foydalangan holda, mustaqil ravishda axborot olishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: |