56-modda. Ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) tartibi
Mahalliy mehnat organining buyrug‘i ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) uchun asos bo‘ladi, unda ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) sababi va ishsizlik nafaqasini to‘lash tugatiladigan (to‘xtatib turiladigan) sana majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash ushbu Qonun 55-moddasining birinchi qismida (beshinchi qismida) nazarda tutilgan tegishli ishonchli axborot olinganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan tugatiladi (to‘xtatib turiladi).
Ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) to‘g‘risida mahalliy mehnat organining xodimi tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimining tegishli bo‘limida va so‘rovnomada qayd etiladi, unda ishsizlik nafaqasini to‘lash tugatiladigan (to‘xtatib turilgan) sana, ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) sabablari, ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) uchun asos bo‘lgan buyruqning sanasi va raqami ko‘rsatiladi.
Mahalliy mehnat organi tomonidan chiqarilgan ishsizlik nafaqasi to‘lashni tugatish (to‘xtatib turish) to‘g‘risidagi qaror ishsiz shaxsga yetkazilishi shart.
Hisoblangan, lekin belgilangan muddatda olinmagan ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsga kelgusi oyda to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: |