1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə65/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   113
642-qonun(1)

65-modda. Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish

Mahalliy mehnat organlari har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-oktabriga qadar kelgusi kalendar yil uchun mo‘ljallangan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitishga bo‘lgan prognoz talabni shakllantiradi hamda hududiy mehnat organlariga taqdim etadi.

Hududiy mehnat organlari har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-noyabriga qadar kelgusi kalendar yil uchun mo‘ljallangan kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasining hajmi va yo‘nalishlari bo‘yicha talabni shakllantiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi har yili prognoz yilidan oldingi yilning 1-dekabriga qadar ish qidirayotgan shaxslar va ishsiz shaxslar sonini, mehnat bozorining joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining moliyalashtirish hajmlarini tahlil qilish asosida hududlar va kasbga o‘qitish turlari kesimida kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi.



66-modda. Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasining ma’lumotlar bazasini shakllantirish

Mehnat organlari kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasining ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va uni muntazam ravishda yangilab boradi.

Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi bilan integratsiya qilingan tegishli elektron platforma hamda dasturiy ta’minot orqali bajariladi.

Mazkur elektron platforma hamda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin