1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə64/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
642-qonun(1)

64-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari:

rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish;

yangi xizmat ko‘rsatish va servis obyektlarini ishga tushirish, yangi uy-joylar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish;

qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hajmlarini oshirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini kengaytirish, yangi bog‘lar, tokzorlar barpo etish, chorva mollari sonini ko‘paytirish;

aholi tadbirkorlik faolligining o‘sishi, yangi tadbirkorlik, hunarmandchilik subyektlarini tashkil etish, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish;

investitsiya loyihalarini va xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirish “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish, foydalanilmayotgan xonalarni va binolarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun investitsiya majburiyatlari hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “nol” xarid qiymati bo‘yicha berish hamda davlat mulki bo‘lgan obyektlarni ijaraga berish munosabati bilan zarur ish o‘rinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi.

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari hududlar kesimida, kasbga o‘qitishning har bir turi bo‘yicha moliyalashtirishning prognoz hajmlari ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin