53-modda. Tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslar uchun, agar ular mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, belgilangan uch oylik muddat tugaganidan keyin birinchi kundan e’tiboran ishsizlik nafaqasi hisoblanadi.
Agar ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tashkilotdan bo‘shatilgan shaxs mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin unga uch oylik davr tugaganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan maqbul keladigan ish berilmagan bo‘lsa, u ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘ladi hamda unga mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan keyin kamida ikki oy muddat o‘tgach ishsizlik nafaqasi hisoblanadi. Ishdan bo‘shatilayotgan shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etgan taqdirda, u ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi va o‘ttiz kalendar kundan so‘ng umumiy asoslarda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |