1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə8/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
642-qonun(1)

4-modda. Bandlik

Oldingi tahrirga qarang.

Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.



(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarga o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan, shu jumladan haq to‘lanadigan ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha mutlaq huquq tegishlidir.



(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Quyidagi fuqarolar band deb hisoblanadi:

mehnat shartnomasi bo‘yicha haq evaziga to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;

Oldingi tahrirga qarang.

kasalligi, ta’tilda bo‘lishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib turilganligi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq vaqtincha ish joyida bo‘lmagan xodimning ish o‘rni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar;



(4-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;

o‘zini ish bilan mustaqil ravishda ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining a’zolari, fermer xo‘jaliklarining a’zolari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar;

Oldingi tahrirga qarang.

o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.



(4-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin