1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə16/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
642-qonun(1)

12-modda. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari

Mahalliy ijro hokimiyati organlari:

tegishli hududda aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiradi;

aholi bandligiga ko‘maklashishga doir hududiy dasturlarni, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va ish o‘rinlarini tashkil etishga doir hududiy investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini ta’minlaydi;

ish o‘rinlari tashkil etilishini va aholi bandligining o‘sishini rag‘batlantirish, ishsizlik darajasini kamaytirish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

aholi bandligiga ko‘maklashishga doir dasturlar prognoz parametrlarining bajarilishini ta’minlaydi;

yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy jamg‘armalar faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish choralarini ko‘radi;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkilotlarni tashkil etadi;



Oldingi tahrirga qarang.

oilaviy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni, tomorqa xo‘jaliklaridagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishlarini, kasanachilikni rivojlantirishga ko‘maklashadi;



(12-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-681-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son)

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;

eng kam ish o‘rinlari sonini belgilaydi;

mehnat bozorini barqarorlashtirishga, shu jumladan xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishining oldini olishga, ustuvor rivojlantirish hududlarini aniqlashga ko‘maklashadigan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.



Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin