1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə13/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
642-qonun(1)

9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi deb yuritiladi):

mehnat migrantlarini jalb qilish uchun o‘z mamlakatining vakolatli organlarida rasman ro‘yxatga olingan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan chet el ish beruvchilari bilan bitimlar tuzadi;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun chet el ish beruvchilari bilan shartnomalar tuzadi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish shart-sharoitlari monitoringi va nazoratini amalga oshiradi;

mehnat migrantlari ishga joylashtiriladigan davlatda ularga xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam bo‘lmagan darajada ish haqini ta’minlash normalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

ishga joylashtiriladigan davlatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini ta’minlash normalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin