1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Davlat boshqaruvi organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə15/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
642-qonun(1)

11-modda. Davlat boshqaruvi organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruvi organlari:

mehnat bozorini rivojlantirishni, aholi bandligini ta’minlaydigan tuzilmaviy, moliyaviy, kredit, investitsiyaga oid va soliq siyosatini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

mehnat bozori va aholi bandligiga oid tahliliy tadqiqotlarni, prognozlashni, bu sohadagi davlat statistika hisobini va hisobotini amalga oshiradi;

aholi bandligi sohasidagi tarmoq dasturlarini, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini va ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

tegishli davlat kafolatlarini, shuningdek fuqarolarning aholi bandligi sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlaydi;

qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etilishiga, mehnat sharoitlari yaxshilanishiga ko‘maklashadi;

belgilangan tartibda kasbiy standartlarni va malaka talablarini ishlab chiqadi hamda keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kiritadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin