1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organi



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə12/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113
642-qonun(1)

8-modda. Aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organidir.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

aholi bandligi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

aholi bandligi sohasida davlat boshqaruvi organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi;

ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi;

tarmoqlar va hududlar kesimida ish o‘rinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;

ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;

fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishida ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ularning huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelganidan keyin reintegratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;

aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;

ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi;

ishga joylashtirish jarayonlariga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etadi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining ishlashini ta’minlaydi;

aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratadi;

Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, Kasbiy standartlarning milliy registrini, Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestrini, Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registrini shakllantiradi hamda yuritadi;

Oldingi tahrirga qarang.

aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;



(8-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin