16-modda. Autstaffing xizmatlari
Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.
Autstaffing xizmatlari ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Xodimlar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq mehnat vazifalarini ular ish beruvchi tomonidan qaysi yuridik shaxsga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, uning boshqaruvi va nazorati ostida amalga oshiradi. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega. Ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ular mehnat vazifalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajarish uchun yuborish bilan bog‘liq autstaffing xizmatlari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Autstaffing xizmatlari ko‘rsatish tartibi va autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |