17-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining aholi bandligini ta’minlashda ishtirok etishi
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha, shu jumladan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va mavjudlarini saqlab qolish, tashkilotlar faoliyatini yaxshilash, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif etish huquqiga ega.
Ish beruvchi kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning manfaatlarini ifodalovchi kasaba uyushmalari birlashmasiga xodimlar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida axborot taqdim etadi va ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasida yoki kelishuvda nazarda tutilgan hollarda, tegishli kasaba uyushmasining yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining oldindan berilgan roziligisiz mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan tugatishga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi boshqa tadbirlarda ham “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishtirok etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |