5-bob. Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish
25-modda. Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari
Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ularning xohishiga ko‘ra xizmatlarning quyidagi turlari taklif etiladi:
aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sog‘lig‘ining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud bo‘lgan taqdirda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash;
zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborish;
(25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish;
kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish;
kasbiy malakani baholash;
aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
(25-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Aholiga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan mehnat bozori holati haqida xabardor qilish bo‘yicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |