1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olish va hisobdan chiqarish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə32/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
642-qonun(1)

6-bob. Ish qidirayotgan shaxslarni mahalliy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olish va hisobdan chiqarish

28-modda. Ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarning toifalari

Quyidagilar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin:

ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, o‘n olti yoshdan katta bo‘lgan shaxslar;

o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin bo‘lgan (mehnat shartnomasi kelgusida bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirilgan) shaxslar;

tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yoshidan qat’i nazar, mehnat faoliyatini qayta tiklamoqchi (davom ettirmoqchi) bo‘lgan pensionyerlar;

ish joyini yoki kasbini o‘zgartirishni xohlovchi shaxslar;

doimiy ish joyiga ega bo‘lishni xohlovchi, bir martalik, vaqtincha va mavsumiy ishlarda band bo‘lgan shaxslar;

haq to‘lanadigan jamoat ishlarida va qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlarda ishtirok etishni xohlovchi shaxslar.

Ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarning boshqa toifalari ham ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin