1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Davlat buyurtmasiga muvofiq ish o‘rinlari tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə28/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
642-qonun(1)

24-modda. Davlat buyurtmasiga muvofiq ish o‘rinlari tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini olgan tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan ssuda ajratilishi mumkin.

Ssuda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan uch yilgacha bo‘lgan muddatga, milliy valyutada beriladi.

Ssuda miqdori ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga ko‘ra tashkil etiladigan bitta ish o‘rni uchun hisoblaganda bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan oshib ketishi mumkin emas.

Ssuda ajratilishi uchun tashkilot:

ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi dasturiga, shuningdek aholi bandligiga ko‘maklashish hududiy dasturlariga kiritilgan bo‘lishi;

soliq bo‘yicha qarzdorlikka, tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kechiktirilgan qarzdorlikka ega bo‘lmasligi kerak.

Ssuda ajratilishi to‘g‘risidagi qarorni tayyorlash uchun tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ssuda olish uchun arizani;

ssuda berilishi maqsadga muvofiqligining texnik-iqtisodiy asosi va uning qaytarilishi kafolatlarini;



Oldingi tahrirga qarang.

ssudaning qaytarilish ta’minoti, shu jumladan garov, kafillik, bank kafolati yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turini.



(24-modda beshinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ssuda ajratish haqida yoki uni ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ssuda olishga doir imtiyozli huquq band bo‘lmagan shaxslar uchun ish o‘rinlarini tashkil etayotgan, shuningdek ishsizlik darajasi barqaror tarzda yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarga beriladi.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin