1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə27/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
642-qonun(1)

23-modda. Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi

Tashkilotlar rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishining joriy holatini va istiqbollarini tahlil qilish natijalari asosida yuqori turuvchi davlat boshqaruvi organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlarini har yili 1-oktabrga qadar taqdim etadi.

Ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlari:

yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi yoki faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilishi;

xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi yangi obyektlarining ishga tushirilishi, yangi uy-joy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishi;

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmlarining kengaytirilishi;

aholi tadbirkorlik faolligining o‘sishi va yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishi;

xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari amalga oshirilishi munosabati bilan zarur ish o‘rinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi.

Mahalliy ijro hokimiyati organlari ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqqan holda shakllantiradi. Ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladi, aniqlashtiriladi va tasdiqlanadi.

Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan shakllantirish tegishli hududda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarning ishlab chiqarish (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hajmini kengaytirish va ko‘paytirish uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj tahlili asosida amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek mahalliy ijro hokimiyati organlari ish o‘rinlarini tashkil etishga bo‘lgan ehtiyojning dastlabki parametrlari asosida ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini har yili 1-noyabrdan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasining har yili 20-noyabrga qadar ko‘rib chiqilishini va Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasiga kiritilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi loyihasini har yili 1-dekabrdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin