Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tartibi



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü50,5 Kb.
#59028
  1   2
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tart


Aim.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tartibi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini shakllantirish tartibi 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi qonun bilan tartibga soladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo`lib, Senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`korg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Konstitutsiya parlament deputatlarining hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyalilik asosida saylanishini muhim konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlaydi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari O`zbekistonning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo`lishi mumkin emas deb ko`rsatilgan.
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga saylov to`g`risida”gi qonunining 25-moddasida Deputatlikka nomzodlarga qo`yidadigi talablar qo`yilgan:
sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
saylov kuniga qadar so`nggi besh yil mobaynida O`zbekiston Respublikasi hdudida muqim yashamagan fuqarolar;
O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo`linmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro`yxatga olinmaydilar.
Hozirda amalda bo`lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuniga 25 yoshga to`lgan fuqarolar ega bo`lishi mumkin. Yosh senzining bunday belgilanishi shu bilan izohlanadiki, deputat ozmi-ko`pmi ma'lum hayot tajribasiga ega bo`lishi, o`zini davlat va jamoat faoliyatida ko`rsata olishi lozim. Bu masala bir qancha xorijiy mamlakatlarning Konstitutsiyalari va qonunchiligida ham deyarlik shunday hal etilgan. AQSH Konstitutsiyasida 25 yoshga to`lmagan shaxs Kongressning Vakillar palatasining a'zosi bo`lishi mumkin emas. Yaponiya parlamentining vakillar palatasiga 25 yoshga to`lmagan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to`lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin. Shuni ham aytish joizki, jahon tajribasida passiv saylov huquqining bundan ham yuqori senzlari ma'lum.
2004 yilning 26 dekabrida mamlakatimizda ilk bor O`zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamenti – Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlar bo`lib o`tdi. Mazkur saylovlarda beshta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar o`zlarining deputatlikka qo`ygan nomzodlari uchun kurash olib boradilar.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar hamda saylovchilarning mustaqil tashabbuskor guruhlari taqdim etgan nomzodlarni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olish yakunlari bilan bog`liq ma'lumotlarni (jadvallarda) berib o`tishni joiz deb bildik1[34]:

Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin