Auditorlik tekshiruvida muhimlik va risk
Kirish
Reja:
1. Auditda muhimlik. Muhimlik darajasini aniqlashda bazaviy ko’rsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi.
2.
3. Auditorlik riski tushunchasi hamda risk turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Auditda muhimlik. Muhimlik darajasini aniqlashda bazaviy korsatkichlar tizimini shakllantirish tartibi.
Muhimlilik darajasi deganda, moliyaviy hisobot buzilishining chegaraviy belgisi tushuniladi, undan boshlab ushbu hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lmay qoladi.
Auditor quyidagi holatlarda muhimlilikni ko‘rib chiqishi kerak:
auditorlik tartib-taomillarining tabiati, vaqti va batafsilligini belgilashda;
buzilishlar ta’sirini baholashda.
Umumiy auditorlik amaliyotida muhimlik chegaralarini quyidagicha belgilash qabul qilingan:
0 < J < 1 (yoki foiz hisobida 0< J% <100)
Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatadigan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu Muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qismdir. Muhimlikni aniqlash auditning amaliyotida №9 – “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq “Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”. Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi. Auditorlik tashkilotlari muhimlik darajasini aniqlash tartibini o’rnatadigan o’zlarining ichki ishchi standartlarini ishlab chiqishlari kerak. Ishchi standart yordamida esa asosiy ko’rsatkichlar tizimi shakllantiriladi va muhimlik darajasi aniqlanadi. Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik darajasini hisoblab chiqarishlari lozim.
Muhimlik darajasini aniqlash tartibi va uni auditda qollash. Muhimlik darajasini auditda qo`llash tartibi.
Ko’rsatkichlarning bir qismi ushbu jadvalga kiritilmasligi mumkin. Masalan, mijoz-korxona joriy yil yakuni bo’yicha foyda olmagan yoki kam foyda olgan bo’lib, bu ko’rsatkich – korxonaning balans foydasi auditor fikriga ko’ra mazkur korxonada audit o’tkazish uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Korxona agar foyda olmaydigan, notijorat korxona yoki tovar ish va xizmatlar realizatsiyasidan olingan tushumdan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilot bo’lsa, unda sotish jarayoni bo’lmasligi mumkin.
Ko’rsatkichlarning bir qismi ushbu jadvalga kiritilmasligi mumkin. Masalan, mijoz-korxona joriy yil yakuni bo’yicha foyda olmagan yoki kam foyda olgan bo’lib, bu ko’rsatkich – korxonaning balans foydasi auditor fikriga ko’ra mazkur korxonada audit o’tkazish uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Korxona agar foyda olmaydigan, notijorat korxona yoki tovar, ish va xizmatlar realizatsiyasidan olingan tushumdan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilot bo’lsa, unda sotish jarayoni bo’lmasligi mumkin.
Muhimlilik bilan auditorlik riski o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik. Auditni rejalashtirishda auditor qanday harakatlar va operatsiyalar moliyaviy hisobotda muhim buzilishlarga olib kelishini ko‘rib chiqadi. Alohida schyotlar bo‘yicha qoldiqlarga va bitim turlariga nisbatan muhimlilikni auditorlik baholash, auditorga qanday masalalar va qanday moddalarni o‘rganishi, qanday tanlashdan foydalanishi va qanday tahliliy tartib-taomillarni o‘tkazishi bo‘yicha qarorlar qabul qilishiga yordam beradi. Bu hol auditorga umumiy auditorlik riskini maqbul bo‘lgan past darajagacha kamaytirishga yordam beradi. Auditorlik riskining darajasi bilan muhimlilik o‘rtasida teskari aloqa mavjud: muhimlilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, auditorlik riski shuncha past bo‘ladi va aksincha. Agarda auditorlik tartib-taomillari rejalashtirilganidan keyin auditor muhimlilikning maqbul darajasini past deb qaror qabul qilsa, u holda auditorlik riski ko‘tariladi. Auditor buni quyidagi yo‘llar bilan aniqlashi kerak bo‘ladi:
- imkoni bo‘lganda nazoratning chuqurlashtirilgan yoki qo‘shimcha testlarni o‘tkazish yo‘li bilan pasaytirilgan darajani saqlash orqali nazorat riskining baholanayotgan darajasini pasaytirish,;
- mustaqil (asosiy) tartib-taomillar darajasi, vaqti va xarakterini modifikatsiyalash yo‘li bilan aniqlamaslik riskini kamaytirish orqali.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ajralmas riskning darajasi doimiy bo‘ladi va ular faqat, tekshirishning umumiy rejasini tayyorlash davomida hisobga olinmagan, obyektiv ravishda mavjud faktlar aniqlangan taqdirdagina o‘zgarishi mumkin. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yilning1-yanvaridan kuchga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |