2023.16.10.
1. Fors podshosi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qilgan?
A) Mil.avv. 522-yilda B) Mil.avv. 530-yilda
C) Mil.avv. 558-yilda D) Mil.avv. 519-yilda
2. “…davlat ishlarining to‘qqiz
ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim”, - degan so‘zlar qaysi hukmdor tomonidan aytilganligini aniqlang.
A) Amir Temur B) Mirzo Ulug‘bek
C) Husayn Boyqaro D)
Ismoil Somoniy
3. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyo aholisining asosiy qismi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) moniylik B) nasroniylik
C) buddaviylik D)
zardushtiylik
4. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan?
A) Kebek B) Munke C) Tug‘luq Temur
D) Abulxayrxon
5. XVI asrda qaysi shaharda Ko‘kaldosh madrasi barpo etilgan?
A) Qo‘qon B)
Samarqand
C) Qarshi D) Toshkent
6. Buxoro amirlaridan qaysi birining davrida aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig‘idan ozod etilgan?
A) Haydar B)
Muhammad Rahim
C) Shohmurod D) Doniyolbiy otaliq
7. Buxoro amirligidagi qaysi me’moriy inshoot G‘arb va Sharq an‘analari asosida barpo etilgan?
A)
Sitorai Mohi Xosa saroyi
B) Mir Arab madrasasi C) Nurullaboy saroyi
D)
Аbdullaxon madrasasi
8. XIX asrning o‘rtalarida Toshkent shahrining
nechta darvozasi bo‘lgan?
A) 9 ta B) 12 ta C) 6 ta D) 14 ta
9. Qachon birinchi marta yashirin ovoz berish yo‘li bilano‘tkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy va muqobil asosdagi prezidentlik saylovida Islom Karimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti etib
saylangan?
A) 1991-yil 29-dekabrda
B) 1990-yil 24-martda
C) 1992-yil 4-yanvarda
D) 1991-yil 24-martda
10. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qaysi yillarga mo‘ljallangan?
A) 2018-2022-yillarga B) 2019-2024-yillarga
C) 2017-2021-yillarga D) 2020-2025-yillarga
11. Mil.avv. VII-VI asrlarda Xorazm, So‘g‘d va Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti … bo‘lgan.
A) ovchilik
va hunarmandchilik
B) chorvachilik va ovchilik
C)
ovchilik va baliqchilik
D) sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik