O’rta Osiyo aholisining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi



Yüklə 6,45 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,45 Kb.
#207388
avesto

  • Avesto.
  • Ijtimoiy hayot.

Reja: 1.Zardushtitylik dininig paydo bo’lishi. 2. “Avesto” – Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. 3. Zardushtiylik ta’limoti. 4. Zardushtiylikda urf-odatlar, marosimlar va ijtimoiy hayot. 5. Xulosa

  • Zardushtiylik dini miloddan avvalgi VI-V asrlarda yuzaga kelgan. Bu din Zaratushtira (ba’zi manbalarda Zardusht yoki Zardo’st) nomi bilan bog’liqdir.
  • Zardushtning shaxsiyati to’g’risi-da ikki xil qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar Zardushtni milod-dan avvalgi 589-512 yillarda yasha-gan ilohiyоtchi faylasuf, tabiat-shunos va shoir deb hisoblaydilar.

Zardushtni Yevropada -”Zoroast-ron” nomi tanilgan edi. Suriyadagi Mitra ibodatxonasida topilgan Zardushtning rasmi freskasidan parcha II-asr

  • Zardushtning taxminiy rasmi

U Eronda yashagandir. Bunday fikr tarafdorlari zardushtiylik qadimgi Eronda keng tarqalgani va bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» eron-pahlaviy tilida yaratilganligini asos qilib oladilar. Boshqa olimlar esa Xorazmni zardushtiylikning vatani deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, birinchi marta muqaddas olov «Atarxurra» yongan joyning jo’g’rofiy o’rni va iqlimining tavsifi Xorazmga to’g’ri keladi.

  • «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri keladi.

Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) Afrosiyob shahri xarobalaridagi devor rasmidan parcha

  • Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir.
  • «Avesto» yaratilgan vaqtda 30 nask - kitob (qismdan) iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Markaziy Osiyoga turli bosqinchilarning kirib kelishi, zardo’shtiylik diniga sig’inuvchilarning ta’qib qilinishi natijasida kitobning ko’p qismi yo’qolib, oz qismi saqlanib qolgan.

Bu xususda Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o’n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. «Avesto» o’ttiz nask edi. Ma’jusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qolgan».

  • «Avesto»da osmon jismlarida ilohiylik belgilarining ko’rsatilishi turkiy xalqlarning diniy e’tiqodlariga yaqin turadi. Jumladan, quyosh xudosi Mitra haqidagi tasavvurlar shunday xususiyatga ega.

Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra butun borliq va hamma narsa ikki ibtidodan: Ezgilik va Yovuzlikdan tashkil topgan. Ezgilik va Yovuzlik o’rtasida doimiy kurash boradi. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu amal, ezgu so’z va ezgy fikrdan iborat bo’lishi lozim.

Zardushtiylar Olov, Suv, Tuproq, Oy va Yulduzlarni muqaddas deb hisoblashgan va ularga sig’inishgan

Zardushtiylar ibodatlarini maxsus qurilgan ibodatxonalarda qilganlar

  • Zardushtiylar ibodatxonalarda olov atrofida Oliy xudo Axuramazdaga ibodat qiladilar.

Zardushtiylikda olovni faqat ayollarga yoqish huquqi berilgan. Ayollar maxsus oq kiyim va yuziga oq matodan niqob taqib olovni yondirganlar.

Zardushtiylikda inson vafot etgandan keyin dafn etish borasida alohida marosim o’tkazganlar. Mahrumning jasadini yerga ko’mish, yondirib tashlash yoki suvga tashlab yuborish mumkin emas edi. Chunki ular muqaddas hisoblangan. Mayitni qushlar va hayvonlar yeb ketishi uchun maxsus joyda qoldirishgan

Yomg’irlar poklagan va oftob qoqlagan suyaklarni masus sopol tobutlarga-”Ossuariy”larda dafn etishgan

Ossuariylar turli ko’rinishga ega bo’lgan:

Zardushtiylikdan bizgacha boy moddiy va ma’naviy me’ros yetib kelgan


Yüklə 6,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin