1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə23/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
642-qonun(1)

3-bob. Subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari

19-modda. Subsidiyalar

Subsidiya bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan moliyaviy ko‘makdir.

Subsidiyalar:

ish beruvchilarga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirishga doir xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun;

tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlovchi ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka o‘qish xarajatlarini to‘lash va kreditni olish chog‘ida sug‘urta polisi haqini to‘lash uchun;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni ish o‘rinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga;

jismoniy shaxslarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish, urug‘liklar, ko‘chatlar, sug‘orish vositalari olish uchun ajratiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Subsidiyalarni taqdim etish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.



(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin