11–Mavzu: Shtamplash. Shtamplashni afzalliklari. Ochiq va yopiq shtamplar.
Uskunalari. Texnologik talablar
Reja:
1.Bosim bilan ishlashda shtamplashni o‘rni
2.Ochiq va yopiq shtamplarni xususiyatlari
3.Pakovka olish texnologik talablari
4.List shtamplashda ajratish operatsiyalari.
5.Shakl o‘zgartirish operatsiyalari.
Tayanch so‘z va iboralar:
Pokovka -
Shtamplash maxsuloti
Muxra -
Bolgalovchi stanokning asbob unatuvchi kismi
Shobot -
Pastki shtamp urnatiladigan savlatli poydevori-fundamenti
Pitra uyig‘i -
Ochik shtamplarda ortikcha metalni okib chikib ketadigan xajmi
Shtamp kiyaligi -
SHtamp bushlig‘ining
yon devorlari qiyarok qilinadi,
zagotovka shtamp
ariqchasiga tiqilib qolmasligi uchun
Shtamplash.
Ikki usulga bo‘linadi:
1. Hajmiy shtamplash.
2. List shtamplash.
1.Metallarni hajmiy shtamplash. Umumiy ma’lumotlar va hajmiy shtamplarni tub
ma’nosi.
Shtamplashda zagotovkani maxsus asbob bo‘shlig‘iga (shtampga) qo‘yib,
bosim bilan
ishlashda zagotovka bu bo‘shliqni to‘ldirish oqibatida pakovkalar olinadi (rasm.).
Zagotovka sifatida kerakli formadagi chiviqlar-prutok olinadi. Kerakli o‘lchamda
qirqib
olinadi.
Bolg‘alashga nisbatan prokatlashni yaxshi tomonlari bor:
1. Murakkab formadagi detallarni olish mumkin.
2. Bunda qiytim 3-4 marta kam. Bu bilan qirqib ishlash hajmi ancha kamayadi.
3. Ish unumi baland.
Kamchiliklari:
1.Bir detal uchun shtamp yasash juda qimmatga tushadi (shtamp juda qimmat). SHuning
uchun ko‘p sonli (seriyali) detallarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
2. Deformatsiya uchun ko‘proq kuch talab qilinadi.
3. Katta detallarni shtamplash qiyin. Asosan 20-30 kg li pakovkalar shtamplanadi. Ba’zan
pakovka og‘irligi 3t gacha ham bo‘lishi mumo‘qin. SHtamplar 2 xil bo‘ladi:
ochiq va yopiq.
Ochiq shtamplarda shtamplash.
Qizdirilgan zagotovka shtampning pastki pallasiga qo‘yilib,
ustki pallasi bilan zarb
uriladi. Deformatsiyalangan metall shtamp bo‘shlig‘ini to‘ldira boshlaydi.