6- amaliy ish. Shtamp gabaritlarini aniqlash Ishning maqsadi



Yüklə 412,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü412,5 Kb.
#46820
6- amaliy ish. Shtamp gabaritlarini aniqlash Ishning maqsadi


6- Amaliy ish. Shtamp gabaritlarini aniqlash

Ishning maqsadi: Shtamp gabaritlarini aniqlashda asosiy shtamplash usullarini o’rganib tahlil qilish.
Nazariy ma’lumotlar: Zagotovkalarni maxsus asbob (shtamp) pallalarining bo’shlig’iga qo’yib bosim bilan ishlashda shu bo’shliqni to’ldirib pokovkalar olish jarayoni shtamplash deyiladi. Shtamplash ikki usulga ajratiladi: list shtamplash va hajmiy shtamplash. Shtamplash uchun zagotovka sifatida, kerakli shakldagi chiviqlar-prutoklar olinadi. Kerakli o’lchamda qirqib olinadi.

Shtamplashning afzallik tomonlari:



  • Murakkab shaklli detallarni olish mumkin;

  • Qiytim miqdori birmuncha kamroq (qirqib ishlash hajmi kamligi);

  • Ish unumining yuqoriligi.

Kamchiliklari:

  • Shtamp asboblari qimmatligi;

  • Deformatsiya uchun katta kuch talab etilishi;

  • Gabariti katta detallarni shtamlashda qiyinligi.

Shtamplashning asosiy operatsiyalari
Bukish. Bu ishlovda kutilgan shakldagi buyum olish uchun zagotovkani matritsa ustiga qo’yib shakldor puanson bilan ezib matritsa ko’ziga o’tkazishda uning pallalari yig’ilib kutilgan shaklga keladi.



Bukish sxemasi(а) va bu usul bilan olingan buyumlar (b):

1 – neytral qatlam; 2 - puanson; 3 – matritsa
Bunda puansonga qo’yiluvchi kuchni quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin:

; kg

Bu yerda B-zagotovka eni, mm; S-zagotovka qalinligi, mm; σh- materialning cho’zilishga ko’rsatgan qarshiligi, MPa; r- bukish radiusi, mm.


Botirish. Bu ishlovda matritsaga o’rnatilgan doiraviy zagotovkaning markaziy qismiga puanson bilan ohista bosib, uni matritsa ko’ziga botirib o’tkaziladi. Bu ishlovda stakan, vtulka kabi buyumlar olinadi.



Birinch bosqich botirish sxemasi (а), keyingi botirish (б), devorni cho’ktirib botirish (v):

1 - zagotovka; 2 - buyum; 3 - qisqich; 4 - puanson; 5 - matritsa; 6 - buyum, qisqichsiz olinganda hosil bo’lgan notekisliklar bilan


Bunda burma hosil bo’lmasligi uchun D3 /da=1.2-1.3 oralig’ida olinmog’i lozim.
Bort qayirish. Teshikli list zagotovkaning sirtqi konturi bo’yicha bort hosil etiladi.



Bort qayirish
Bunda zagotovka yirtilib ketmasligi uchun puanson va matritsaning yumaloqlash radiuslari zagotovka qalinligidan 5-10 marta katta qilinadi. Bort qaytarilgan teshik darz ketmasligi uchun:

bo’lishi zarur

К-bort qayirish koeffitsiyenti

dbuyum – buyum teshigi diametri

dteshik – zagotovka teshigi diametri


Bo’rttirish. Bunda puanson bilan bilan elastik materialni siqilib, zagotovka matritsa ko’zidan o’tkazilib, kutilgan shaklga keltiriladi.



Siqish. Havol zagotovka ochiq uchining perimetrining siqib qisqartirish.



Siqish.

Zagotovkaning siqilish ichida burmalar bo’lmasligi uchun:



dbuyum=(0,7-0,8)dzag
Nazorat uchun savollar:

1. Bosim bilab ishlash metallning qaysi xususiyatiga bog’liq?

2. Puxtalanish nima

.

3. Metallarni sovuqlayin va qizdirib bosim bilan ishlash chegarasi qanday aniqlanadi?



4. Botirish koeffitsiyenti nima?

5. Bo’rttirish operatsiyasi nima?
Yüklə 412,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin