Shtamplash sxemasi: 1 - puanson; 2 - tirak; 3,5 - matritsa pallalari;
4 – zagotovka
1. Qizdirilgan zagotovka tirakkacha taqalib qo‘zg‘almas matritsaga quyiladi (rasm., a).
2. Zagotovka qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi matritsalar orasida qisiladi. Puanson bilan
shtamplanadi (rasm., b).
3. Zagotovka puanson va matritsa bo‘shliqlarini to‘ldiradi (rasm., v).
4. Puanson dastlabki vaziyatga o‘tishi bilan matritsa pallalari ochilib, pakovka olinadi.
Tirak ham dastlabki vaziyatga o‘tadi (rasm., g).
Zagotovkaning cho‘ktiriladigan qismining uzunligi uning diametrining 2,5-3 o‘lchamidan
ortmasin: L
cho‘ktirish
≤ (2,5-3) D.
Bu mashinada asosan cho‘ktirish, teshik olish, ichki yuza olish operatsiyalari bajariladi.
Rotatsion bolg‘alash mashinasida shtamplash.
Zagotovka chiviq (prutok) yoki truba shaklida bo‘lib, sovuqlayin yoki qizdirib bukiladi.
Halqasimon oboymaga bir necha roliklar o‘z uyalarida erkin joylashgan. Oboyma ichida
shpindel aylanadi. Unda radial paz bo‘lib, unda polzunlar-shtamplar suriladi. SHpindel
aylanishida roliklar polzunlarining-shtamplarining yopilishi yo‘nalishi tomon surilib zarb beradi.
Polzunlar o‘z holatig‘a markazdan qochma kuch ta’sirida qaytadi.
Rotatsion bolg‘alash mashinasining sxemasi: 1 - rolik; 2 - tayanch roliklar; 3 - pazlar; 4 -
polzun; 5 - oboyma; 6 – shpindel
Bu mashinalarda, asosan, aylanma harakat formasidagi pakovkalar olinadi.
SHpindel joyida, oboyma esa aylanadigan mashinalar ham bor.
3.Qizdirib hajmiy shtamplangan buyumlarni pardozlash operatsiyalari.
Dostları ilə paylaş: