11–Mavzu: Shtamplash. Shtamplashni afzalliklari. Ochiq va yopiq shtamplar. Uskunalari. Texnologik talablar Reja


Ochiq(a) va yopiq(b) shtamplarda shtamplash sxemasi



Yüklə 429,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix17.05.2023
ölçüsü429,68 Kb.
#115216
1   2   3   4   5   6
11–Mavzu Shtamplash. Shtamplashni afzalliklari. Ochiq va yopiq

Ochiq(a) va yopiq(b) shtamplarda shtamplash sxemasi: 
1 - pitra o‘yig‘i (bo‘shlig‘i) 
Pakovkaning perimetri bo‘yicha pitra (obloy yoki zausenes) hosil bo‘lishi bilan metallga 
berilayotgan bosim ortadi. Metallning ortiqchasi nitraga o‘tadi (55-rasm.., a). Zagotovka miqdori 
aniq belgilanishi kerak: kam bo‘lsa, shtamp bo‘shlig‘i to‘lmaydi - nuqsonli bo‘ladi, ko‘p bo‘lsa 
pitra keragidan katta bo‘ladi, aniqlik yo‘qoladi. Ochiq shtamplarda ishlash hamabop –universal, 
olingan pakovkalar unchalik aniq emas. 


Yopiq shtamplarda shtamplash. 
Yopiq shtamplarda ish bo‘shlig‘idan boshqa o‘yiqlarning yo‘qligi bilan, ajralish 
yuzalarinig murakkab yo‘naltiruvchi qo‘lflar bilan qulflanish bilan harakterli (rasm.., b). 
Bunda pakovka shtampining miqdori detal miqdoriga aniq teng bo‘lishi shart. 
Yaxshi tomonlari: 
1. Ancha aniq pakovka olinadi. 
2. Metall sarfi ancha kam: pitra yo‘q. 
3. Har tomonlama qisilgani uchun, kam plastik metallarni ham shtamplash mumkin: 
hajmiy qisilish. 
4. Strukturasi yaxshi: pitra qirqib tashlanmaydi, tola qirqilmaydi-Mustahkamlik ortadi. 
Kamchiligi: 
1. Shtamp qimmat. 
2. Shtamp tez ishdan chiqadi. 
3. Shtamp 2 qismini bir-biriga nisbatan aniq o‘rnatish va yo‘nalti-ish zarb berish vaqtida 
ancha murakkab. 
4. Metall miqdorini aniq hisoblash va uni ta’minlash. 
Pakovkalarni loyihalash. 
Quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 
1. Pakovkaning geometrik shakli shunday bo‘lishi kerakki, u shtampdan osongina 
ko‘chsin. 
2. Ajralish yuzasini murakkab sirt bo‘yicha emas, balki oddiy sirt bo‘yicha belgilash 
yaxshi, bunda shtamp tayyorlash osonlashadi (rasm.., a). 
Pakovkalar turlari 
3. Shtamplarning ustki va ostki pallalari bo‘shliqlarining ajralish konturi bo‘yicha teng 
bo‘lishi va ajralish yuzalariga vertikal devorlari to‘tashadigan qilinishi kerak, bu shtamp 
pallalarining nisbata siljisini ko‘rishni engillashtiradi (rasm.., v). 
4. Shtamp bo‘shliqlarining chuqurligi eng kichik, eni esa katta bo‘ladigan qilish kerak. 
Bunda bo‘shliqlarning metall bilan to‘lishi engillashadi va yoyilishi kamayadi (rasm.., b). 
5. Zagotovka shtamp ariqchasiga tiqilib qolmasligi uchun shtamp bo‘shlig‘ining yon 
devorlari qiyaroq qilinadi (rasm.). 


Tashqi devor uchun a = 5-7° 
Ichki devor uchun r = 7-10° 
6. Bir yuzadan ikkinchi yuzaga ma’lum egrilik radiusi bilan o‘tilishi lozim. Bu radius 
buyumning og‘irligiga qarab belgilanadi: Q == 2kg, g =2-3 mm; Q 
= 80kg, g = 3,5-6mm. 
7. Ish unumini va shtamp turg‘unligini oshirish uchun bir-
biriga yaqin kesim yuzalarining keskin farqlanishiga, yupqa devor 
(t≤4mm), ;baland (qalinligiga nisbatan 5 dan ortiq: H>5t) 
kovurgalar, bobishkalar bo‘lmasligiga harakat qilish kerak.

Yüklə 429,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin