1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni hisobdan chiqarish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə34/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
642-qonun(1)

30-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni hisobdan chiqarish

Ish qidirayotgan shaxs mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida quyidagi hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin:

ishga joylashganda;

ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalar olganda;



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olinganda;



(30-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilganda;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinganda;

doimiy yashash uchun boshqa joyga ko‘chib o‘tganda;

mahalliy mehnat organiga uzrli sababsiz kelmaganda;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda;

ish qidirayotgan shaxs maqbul keladigan ishga doir takliflarni muntazam ravishda (ikki martadan ko‘p) rad etganda;

ish qidirayotgan shaxs sifatida g‘ayriqonuniy ro‘yxatdan o‘tish fakti aniqlanganda;

sudning ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;

muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda;

ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashtirish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;

ish qidirayotgan shaxs vafot etganda.

Ushbu modda birinchi qismining to‘qqizinchi — o‘n birinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra hisobdan chiqarilgan shaxslar, ular mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun o‘tgach, ish qidirayotgan shaxslar sifatida takroran ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega.

Ish qidirayotgan shaxsni mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin