Yetuklik davri



Yüklə 55,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü55,37 Kb.
#186794
  1   2   3   4   5
Yetuklik davri-3



YETUKLIK DAVRI
 
 
Ushbu davrning dastlabki bosqichini shartli ravishda 30 yoshdan 40-45 yoshgacha 
olish mumkin. Yetuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-
zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga 
to‘la safarbar qila oladi. Ushbu yoshda erkak va ayollarning mehnat va ijtimoiy 
faoliyatda muayyan tajribaga ega ekanligi, kasbiy mahorat sirlarini egallashdagi 
muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Yetuklik yoshiga qadam qo‘ygan shaxsning 
boshqalarga munosabati, ularni baholashida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Ushbu 
yoshdagi kishilar faqat o‘zining emas, balki boshqa odamlarning xatti- harakatlari 
uchun ham mas’ulligi va javobgarligini anglab yeta boshlaydi, ayniqsa, hali hayot 
tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarning, o‘z farzandlarining xulq-atvori, yurish-
turishi, qadriyatlari uchun ham jon koyitadi, ularga imkoniyati boricha yordam 
berishga intiladi. 
Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada 
inqirozli holatlar bo‘ladi, bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirganligi, qaysi 
imkoniyatlardan foydalana olmaganligi, ayrim xatoliklar, tushunmovchiliklar 
sababli ko‘ngilsizliklar vujudga kelganligini yanada teranroq anglay boshlaydi. 
Shaxsning o‘ziga-o‘zi hisob berishi, mazkur yoshning muhim psixologik 
xususiyatlaridan biridir. Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi 
kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi, shuning uchun bundan keyingi 
hayotining har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi, ba’zi hollarda, 
ayrim orzu-istaklarini amalga oshirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarning 
yetarli emasligi uning ruhiyatida «turg‘unlik» hissini yuzaga keltiradi. 
Yetuklik bosqichida jismoniy, ijtimoiy va aqliy imkoniyatlardan to‘laroq 
foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi, ushbu xolat jismoniy va aqliy zo‘riqish, 


affektiv kechinmalar, asab tizimida ro‘y beradigan salbiy o‘zgarishlar hisobiga 
emas, balki olinga bilim, egallangan malaka va mahorat asosida ro‘y beradi. 
Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar yoki muvaffaqiyatsizliklar 
kishining ruhiy olamiga kuchli ta’sir etadi. Hayot davomida erishilgan yutuqlar 
girdobida ayrim kishilarda takabburlik, mag‘rurlik hislari paydo bo‘ladi, o‘zini 
boshqalardan ustun qo‘yish uchraydi yoki aksincha, hayot tashvivshlari ularda 
atrofdagi odamlar taqdiriga nisbatan loqaydlik tuyg‘usini vujudga keltiradi. 
Hayotiy tajribaning ortishi, oila a’zolari, tengdoshlari, mehnat jamoasi 
a’zolarining ijobiy ta’siri, ayrim yo‘qotishlar yoki aksincha muvaffaqiyatlar orqali 
har ikki ko‘rinishdagi ruhiy xolat asta-sekin muayyan yo‘nalishga tushib oladi. 
Umuman olganda, bu yoshdagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga 
harakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat va jamiyatdagi 
o‘zgarishlarga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, 
do‘stlik, dunyo ne’matlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar. 

Yüklə 55,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin