Yetuklik davri.
Yetuklik tushunchasida ma’lum
bir yoshga yetish, yetuklik,
turmush
tajribasi, tarixiy davr mujasamlashadi, ushbu
yosh yoshlik va keksalik
oralig‘ida, 30 yoshdan 55-60 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Yetuklik
davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati,
qobiliyati, aql- zakovati va ichki
imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga safarbar eta oladi.
Organizmdagi ayrim o‘zgarishlar, umrning tez o‘tishi kishini tashvish va iztirobga
soladi. U keyingi hayotining har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi.
Orzu-istaklarni
amalga
oshirish
uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlar
yetishmasligi anglash, turg‘unlik tuyg‘usini vujudga keltiradi, bu yoshda jismoniy–
aqliy imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi, bu zo‘riqish,
iroda kuchi, asab taranglashuvi xisobiga emas, balki muayyan ko‘nikma,
malaka
va mahorat asosida ro‘y beradi.