mazkur davrda kishi o‘zining bosib o‘tgan yo‘lini, hozirgi kunga qadar amalga
oshirib kelgan faoliyatini qaytadan tahlil qiladi va baholaydi.
Odatda, yetuklik yoshigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik mehnat faoliyatida
miqdor ko‘rsatkichlariga e`tibor qaratgan bo‘lsa,
endilikda har bir mehnat
mahsulining sifati ustida fikr-mulohaza yurita boshlaydilar. Oilaviy hayot
masalalari, turmush tajribasi,
insonning qadr-qimmati, jamiyatdagi o‘zgarishlar,
boshqa odamlar hamda o‘z-o‘ziga nisbatan yangi mezon orqali qaray boshlaydilar,
turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-psixologik hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan
hayotiy tajribalarga suyangan holda munosabatda bo‘ladilar.
Har bir voqea-xodisa yoki vaziyatning nozik jihatlarini ko‘rish, taqqoslash,
baholash orqali, uning salbiy oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bildiradilar. Hayotda
qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar. ularda -yetti o‘lchab, bir
kes‖ qabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi,
shuning uchun ham ular
umrning biror daqiqasini behuda o‘tkazilishiga achinish bilan qaraydilar, yoshlik
yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to‘ldirishga intiladilar.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida keksayish alomatlari yanada ko‘proq
o‘rin
egallay boshlaydi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir, lekin
odamlarning
yashash tarzi, ijtimoiy-psixologik muxit va ularning individual-
psixologik xususiyatlariga ko‘ra bu chegara turlicha bo‘lishi mumkin. Shu sababli
yosh davrining chegaralari faqat shartli ravishda belgilanadi. Mazkur omil odamlar
yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy
shart-sharoitga, geografik iqlim va
boshqalarga ham bog‘liqdir. Mazkur yosh davrining o‘zgaruvchanlik xususiyatini
biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning ta`siri belgilab beradi.
Y.N.Kulyutkin o‘zining kuzatishlarida, bir xil yosh davridagi odamlarda har
xil fiziologik jarayonlar, ruhiy holatlar, alohida xususiyatlarning o‘zgarishi baravar
emas, balki ularning ayrimlarida xotiraning pasayishi,
psixik jarayonlarning
zaiflashuvi aniqlansa, boshqa kishilarda, aksincha, hissiy-irodaviy sohaning taraqqiy
etishi, fikrlashning jadal sur’atda o‘sishi mumkinligini uqtirib o‘tadi.