individuallik kabi atamalar bilan izohlanadi.
Individ - (lotincha, individuum-bo‘linmas) – odam zotining vakili,
tabiiy zotga
mansublik.
Shaxs - hamkorlikdagi faoliyat va muloqot jarayonidagi ijtimoiy munosabatlar
tizimida egallanadigan ijtimoiy rol egasi.
Sub‘yekt - (lotincha, subectum - asosda turuvchi) – bilish va predmetli - amaliy
faoliyat egasi, ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faollik manbai.
Individuallik
- konkret odamning individ, shaxs, sub’yektga oid birlashuvi, o‘ziga
xosligi, qaytarilmasligi va betakrorligi.
Ko‘p qirrali zot misolida,
katta odam fizologik, ijtimoiy – psixologik va
mazmundorlik jihatiga ko‘ra jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish qobiliyatiga
ega:
•
tabiiy (avlodlarni davom etirish);
•
tarixiy – ijtimoiy (ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyatida qatnashish);
•
madaniy (madaniy tajribalarni saqlash, yetkazib berish va yanada
boyitish.);
•
ma’naviy (insoniyat to‘plagan ma’naviy merosni o‘zlashtirish, uni
yuksaltirish).
Kattalik dunyosini xis qilish, tabiiy va ijtimoiy olamda o‘z o‘rnini anglash orqali
ifodalanadi, kattalikni hayot faoliyatining muhim sifati deb belgilash mumkin.
Kattalik hayotning ma‘lum bir davrigina emas, balki amalga oshirilgan ishlar uchun
ma‘suliyat va javobgarlik xissi hamdir, bunda ta‘lim yoki o‘qitishning o‘rni beqiyos
sanaladi.
Zamonaviy dunyoda axborot oqimining kuchayganligi, kishilarning o‘zaro
hamkorlikdagi faoliyati o‘qitishni davomiy va izchil tarzda
tashkil etish hayotiy
zaruriyat ekanligidan darak beradi. Hayot faoliyatining turli bosqichlarida kishilarga
bir – biriga o‘hshash talay vazifalar yuklatiladi:
•
tabiiy zot sifatida o‘zini saqlashi va rivojlantirishi(hayotning davomiyligi,
salomatlik, nasl qoldirish);
•
ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va faol shaxs sifatida o‘zini ruyobga
chiqarish(mexnat bozoriga moslashish va o‘z o‘rnini topa olish,
madaniyatni
o‘zlashtirish, ma’naviy yuksalish);
•
inson o‘z hayoti va faoliyati davomida shunday o‘zgarishlarga duch keladi-
ki, mazkur holatlar barcha uchun umumiydir;
•
yoshga doir muammolar (yosh inqirozlari, gormonal o‘zgarishlar davri);
•
ta’lim olishning almashinib borishi (bog‘cha tarbiyalanuvchisi, o‘quvchi,
talaba va xokazo);
•
oiladagi rollarning almashinuvi (bolalar, nabiralar, er–xotin, ota – ona,
xola- amaki, qaynota – qaynona, bobo – buvi va boshqalar);
•
ekzisentsial inqirozlar(hayot mazmunini qidirish);
•
ijtimoiy, psixologik va stressli vaziyatlar (ishning o‘zgarishi, boshqa joyga
ko‘chish, xorijga chiqish, yaqin
kishilarning vafot etishi, nafaqaga chiqish va
xokazo);
•
ijtimoiy funktsiyalarni bajarish(armiyada xizmat qilish, xukumat idoralarida
xizmat qilish);
•
ahloqiy muammolarni hal etish( yaxshilik va yomonlik, mehr va muruvvat,
burch xissi va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: