INQIROZLI XOLATLARDA PSIXOLOGIK YORDAM KO`RSATISH Reja: Kirish Asosiy qism 1. Inqirozli, tahlikali va tezkor vaziyatlarda shaxsga psixologik yordam ko’rsatish uslubi
2. Ota-ona va farzandlar ortasidagi inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam korsatishning oziga xos xususiyatlari
3. Inqirozli vaziyatlarda o‘smirlarda suidsidial xavf shakllanishini oldini olishning psixologik mexanizmlari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Ma‘lumki, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan, barcha jabhalarda bo`lgani kabi, ta‘lim tizimida ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ―Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun ma‘suliyatni o`z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog`liq deb bildirgan fikrlarini ta‘kidlash mumkin.
Mavzuning dolzarbligi: So`nggi yillarda ilm-fan, xususan ijtimoiy gumanitar soha rivojiga ham juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Insonning fikrlash doirasini oshiradigan, uning atrof-muhitga nisbatan munosabati hamda inson o`zining borliqni bir bo`lagi sifatida anglashi hamda alohida individ bo`lib shakllanishiga psixologiya fanining o`rni, roli beqiyosdir. Bugungi kunda psixologlarning oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu-inqirozli vaziyatlarda shaxsda kelib chiqadigan turli sohadagi buzilishlarni yanada chuqurroq o`rganish, oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalyotga tadbiq etishdan iboratdir. Chunki inqirozli vaziyatlarda kelib chiqadigan turli darajadagi psixologik buzilishlar oqibatida shaxsning ruhiy muvozanatiga zarar etadi, shaxslararo munosabatlarida qiyinchiliklar, jamiyatdan yakkalanish kuzatiladi, hayot va faoliyatida kamchiliklar, kelajagiga nisbatan ishonchsizlik, umidsizlik, yomon, tushkun kayfiyat ortib boradi. Oxir oqibatda esa bunday holat inson tomonidan og`riqli qabul qilinib, ruhiy azoblar iskanjasida qoladi. Ruhiy iztiroblarni, qayg`uni ko`tara olmaslik natijasida ba‘zan o`z joniga qasd qilish, suitsidal hulq – atvor yaqqol namoyon bo`la boshlaydi.