3. Inqirozli vaziyatlarda o‘smirlarda suidsidial xavf shakllanishini oldini olishning psixologik mexanizmlari O‘z joniga qasd qilish (suitsid) muammosi autoagressiya (o‘z-o‘ziga nisbatan tajovuz)ning so‘nggi ko‘rinishi sifatida jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘lib kelmoqda. Suitsid tushunchasi va uning sabablarni izohlovchi turli qarashlar mavjud. Ko‘pgina nazariy konsepsiyalar o‘rtasida asosiy farqlarni ajratib olish mumkin: biologik, psixopatalogik, psixologik va ijtimoiy.
Bir qator mualliflar fikricha, autodestruktiv xulq-atvor shakllanishida genetik omilning ahamiyati tasdiqlanganki, bu o‘z joniga qasd qiluvchilarning qarindoshlari orasida suitsid ko‘proq sodir etilishi bilan kechadi. Biroq, psixodinamik va klinikopsixologik yondashuv namoyondalari fikricha, suitsid sabablarini genetik asoslarda emas, balki yaqin insonini o‘z joniga qasd qilish faktining psixogenetik ta’sirida, uning qarindoshlar xulq-atvoriga modellashtirilgan ta’sir o‘tkazayotganligida deb karaladi.
Suitsidal xulq-atvorni o‘rganishning biologik yondashuvidagi psixopatalogik konsepsiya alohida e’tiborga loyiq, uning asosida o‘z joniga qasd qilganlarning hammasi - psixik kasalliklarga chalingan shaxslar, - degan fikr mavjud. XIX asrning ikkinchi yarmida, inson faqatgina ruhiy kasallik holatida o‘z joniga qasd qilishi mumkin,- degan fikr hukm surar edi. Fransuz psixiatri Eskirol bu borada, psixik kasallik va o‘z joniga qasd qilish o‘rtasida aniq aloqadorlik borligi haqida qarashini ilgari surgan.
Amaliyotda kuzatilganidek, ko‘pgina psixik kasallarda suitsid depressiya, paranoid va gallyusinator - paranoid holatlarda uchraydi.
Suitsidning yuqori foizi narkomaniya va alkogolizmga chalingan, shaxsiy nosozliklari mavjud bo‘lgan kishilarda uchraydi. Masalan, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda, 100 ta o‘rganib chiqilgan suitsidentlar kasallik tarixidan 93 suitsident psixik kasallar deb tan olingan, (50% alkogoliklarda va taxminan 20% deperssiv kasallarda o‘z joniga qasd qilish bilan tugagan,). A.G.Ambrumova va V.A.Tixonenko izohlaganidek, suitsidentlar majmui uchta asosiy diagnostik kategoriya bilan namoyish etilgan: nervopsixik kasalliklar bilan chegaradosh psixik kasalliklarga chalingan kasallar va mutlaqo psixik sog‘lom bo‘lgan shaxslar. Mualliflar fikricha, o‘z joniga qasd qilish alohida klinik fenomen bo‘la olmaydi. Ular berilgan ma’lumotlarga ko‘ra uchala keltirilgan kategoriyalar bo‘yicha o‘zaro miqdor nisbati.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mualliflarning katta qismi, suitsidal hatti - harakatlarni psixik kasallar bilan birga, mutlaqo sog‘lom shaxslar ham sodir etishi mumkin degan qarashni ilgari surgan. Shuning uchun, suitsidni faqatgina to‘g‘ridan- to‘g‘ri psixik patalogiya natijasi deb emas, balki psixopatalogik simptomlar va individum ijtimoiyligining asosini tashkil etadigan, uning genezisida atrof - muhit ta’siri va shaxs ijimoiy-psixolgik tuzilishining o‘zaro bog‘liqligi katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘p faktorli hodisa sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Psixologik konsepsiya, shaxsning suitsidal qarashlarining shakllanishida psixologik omil yetakchi o‘rin egallashi haqida qarashlar aks ettirilgan. Suitsid fenomenini izohlashni psixologik yondashuv shakllanishining asoschisi Z.Freyd hisoblanadi. Z.Freyd fikricha, suitsidni insonda ikkita asosiy intilish mavjudligi (hayot instinkti va o‘lim instinkti) haqida tushunchalari asosida tahlil qilish zarur va libido vazifasi, vayron etuvchi instinktni ro‘yobga chiqarib, atrof-muhit ob’ektlariga yo‘naltirib zararsizlantirishdan iborat. Ya’ni, “...o‘z o‘zimizni yo‘q qilishimiz uchun qandaydir narsa yoki insonni qirib tashlash kerakdek tuyuladi...”. Shunday ekan, o‘limga instinktiv intilish odamlarga nisbatan agressiv munosabatda namoyon bo‘ladi. Freyd fikricha, suitsid va o‘ldirish o‘lim instinktining barbod etuvchi ta’sirining namoyishi hisoblanadi. Freyd tahminicha, o‘lim instinkti jinsiy energiya bilan birlashganda yoki insonning o‘ziga yoki atrofdagi ob’ektlarga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. O‘ldirish – boshqalarga yo‘naltirilgan agressiya (tajovuz) hisoblansa, suitsid esa o‘z-o‘ziga yo‘naltirilgan agressiya (autoagressiya) hisoblanib, suitsidni oqlab bo‘lmaydi, chunki u teskarisiga qaratilgan o‘ldirishdir. Freydning fikricha, autoagressiv harakat sodir etib, inson o‘zida ambivalent hissiyotlar kechirayotgan ichki ta’sir ostida muhabbat ob’ektini o‘ldiradi.
Z.Freyd o‘z joniga qasd qilishning bir qator klinik hususiyatlarini ajratib: boshqa insonlarga o‘lim tilashning gunohkorlik hissi; suitsidal ota-ona bilan tenglashtirish; libido qoniqishining yo‘qotilishi; ayniqsa qoniqish yo‘qotilishi uchun o‘ch olish; yordamga chaqirish kabilarni ta’kidlaydi.
O‘z joniga qasd qilishning chuqur ildizlarini Freyd sadizm va mazoxizmda ko‘rgan edi. Psixoanalitik maktabning davomchisi Karl Meninger hayot va o‘lim instinktlarini, doimiy birlashish va kurash qarama qarshilikda bo‘lgan, konstruktiv va destruktiv tendensiyalar deb ataydi. K.Meninger o‘z joniga qasd qilish bilan bir qatorda asketizm, chekish, hayot uchun xavfli kasblar va qiziqishlar va boshqa hodisalarni ko‘rib chiqadi. Olimning fikricha, jamiyatning oddiy a’zosidan farqli ravishda, “doimiy o‘z joniga qasd qiluvchi shaxs” o‘zini qurbon etish ichki ehtiyoji orqali boshqaradi. Birinchi qarashda o‘zidan nom qoldirish deb tuyulgan narsa, aslida tekshirishdash keyin destruktiv kuchlarning niqob osti namoyishi bo‘lib chiqadi.
Karl Gustav Yung o‘z joniga qasd qilish masalasiga oid qarashlari, insonda ruhiy qayta tug‘ilish intilishi mavjud bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruh ko‘chishidan qayta tug‘ilishigacha turli shakllarni qabul qiladigan, jamoaviy ongsiz arxetip bilan bog‘liqligiga ishora qilgan. Ushbu ruhiy qayta tug‘ilishga itilish – suitsidning tarkibiy motivatsiyalaridan biri bo‘lishi mumkin.
Psixologiyada psixodinamik yo‘nalish va egopsixologiya namoyondasi Karen Xorni taxmin qilinishicha, ichki tashvish natijasida nevrotik kelishmovchilik paydo bo‘lishining sababi atrof-muhitdagi insonlar bilan o‘zaro munosabatlarning buzilishi bo‘ladi. Bundan tashqari, olimning fikricha, og‘ir hayotiy vaziyatlarda odamlar yolg‘izlik, nochorlik, qaramlik, dushmanlik his qilishi mumkin, bu esa suitsidal xulqatvorning rivojlanishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Suitsid bolalik qaram(tobe)ligi natijasida paydo bo‘lishi ham mumkin, chuqur ildiz otgan norasolik hissiyotlari yoki Xorni aytib o‘tganidek, insonning o‘zida o‘z haqida mavjud bo‘lgan
“ideallashtirilgan qiyofa” borligi. O‘z joniga qasd qilish “suitsid ijro etish” bo‘lishi ham mumkin, insonda jamiyat me’yorlariga noloyiqlik hissi paydo bo‘lishi natijasida sodir etilishi mumkin.
Karen Xorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ximoyalanish va o‘z xohishiga yetish vositasi shaklida mazoxistik funksiyalarni aniqlab, zamonaviy autoagressiv motivatsiya asosini keltiradi. Birinchi holatda mazoxist nochorlik va o‘zini azoblash yordamida raqobat va aybdorlikdan qochadi, ikkinchi holatda - o‘z istagiga yetadi (muhabbatga, yordamga, nazorat qilishda, boshqalarni ayblashda va boshqalarda).
Xorni qarashlariga muvofiq, suitsid shaxs ichki xususiyatlari va atrof-muhit omillarining qo‘shilishi natijasidir.
Amerikalik psixoanalitik G.S.Salliven psixologiyada shaxslararo muloqot nazariyasini ishlab chiqqan. G.Sallivenning ta’kidlashicha, shaxslararo nizolar insonni uzoq vaqt davomida “Men yomon” degan qiyofada yashashga majbur etadi va bu holda inson “ Men yomon” qiyofasini “ Men yaxshi” ga o‘tkazishga xohish paydo qiladi, ya’ni o‘z joniga qasd qiladi. Salliven fikricha, suitsid bu boshqa odamlarga va tashqi muhitga o‘ziga qayta yo‘naltirilgan dushmanlik munosabatini aks etadi.
A.Bekk asarlarida suitsidal xulq-atvor birinchi navbatda- emotsional o‘zgarishlar bilan bog‘liq, kognitiv buzilishlarda aniqlanadi. Bekk, suitsidientning affekt ta’sirlanishi uning holatni baholashi bilan barobar, vaziyatning rael tezligiga qaramasdan va affekt xarakteridan mustasno vaziyatning noto‘g‘riligi kognisiya bilan bog‘liq deb hisoblagan.
D.Lester konsepsiyasida suitsidal xulq-atvor o‘rganish jarayonida shakllanadigan va individ atrofidagilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanaligan xulq-atvor sifatida ko‘rib chiqiladi. Lester, suitsid uchun bolani tarbiyalash jarayonida jazolash kechinmalari kritik nuqtada bo‘ladi, chunki bu geteroagressiyani bosish va o‘ziga yo‘naltirish bilan bog‘liq birinchi sinov, deb hisoblagan. Olimning fikricha, suitsid atrof muhitning ko‘pgina omillari bilan mustahkamlanishi mumkin, masalan, ommaviy axborot vositalarining ta’siri, inson uchun qadrli odamlarinig suitsidi, submadaniyat me’yorlari va boshqalar.
Psixologiyada gumanistik yo‘nalishning namoyondasi K.Rodjers, suitsidal tendensiyalari o‘limni ideallashtirish, hayotga nafrat paydo bo‘lishi, o‘ziga ishonchning yo‘qolishi natijasida paydo bo‘ladi deb tahmin qilgan. Rodjers fikricha, ushbu holatda “menlik” tuzilish rigid holatda va real hayotiy tajriba u bilan mos kelmasligi, xavfdor deb qabul qilinishi, shuning uchun rad etilishi yoki noto‘g‘ri talqin qilinishidan sodir bo‘ladi. Natijada reallik bilan aloqa uzilib, o‘ziga ishonch yo‘qotiladi.
Logoterapiya asoschisi Viktor Frankl (1990) o‘z joniga qasd qilishni, hayot mazmuni va inson ozodligidek ekzistensional tushunchalar qatorida ko‘rib chiqqan. V.Frankl (1990) insonda tabiatan agressiya impulslari ham, suitsid impulslari ham mavjud deb ta’kidlagan. Bu ikkala impuls o‘zaro bog‘liq. “Inson darajasida agressiv impulslar mavjud emas, balki inson doim nimagadir nisbatan ma’lum pozisiyani egallab oladi, masalan esa inson o‘zini ular bilan birga yoki alohida tutishiga nisbatan pozisiyani ko‘rishimiz mumkin.
Edvin Shneydman o‘zining asarlarida o‘limni yaqinlashtirishda odatda bevosita, ongli ahamiyatga ega individlar tipologiyasini keltiradi. Bular - o‘limni izlab yurganlar, o‘lim sababchilari, o‘limni oqlab u bilan uynab yurgan shaxslar. O‘limni izlab yurganlar bilib turib hayotdan kechadilar, natijada ularni qutqarish imkoniyati bo‘lmaydi. Shneydman tipologiyasida o‘lim sababchilari – o‘zini ta’minlash tizimidan mahrum etgan, og‘ir kasallar, o‘lim bilan uynab yurganlar bular o‘limdan qutulish ehtimoli kam bo‘lgan vaziyatda o‘z hayotini garovga qo‘yganlar. Ushbu tipologiyada keltirilgan, o‘limning tarafdorlari bular - o‘lishni xohlovchilar, garchi o‘limni yaqinlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lmasalar ham.
E.Shneydman ta’kidlashicha, o‘z joniga qasd qilish maqsadsiz xulq-atvor akti bulmay turib, balki suitsidient uchun hayotdagi og‘ir vaziyatdan yagona chiqish yo‘lidir, suitsid uchun umumiy stimul bo‘la oladigan, chidab bo‘lmaydigan psixik azoblarni to‘xtatishga intilishdir. Suitsid uchun umumiy harakat – qochish (yoki qutilish). Ruh azobi inson ehtiyojlarining frustatsiyasidan paydo bo‘ladi, bular mansubligi, yetilishi, avtonomiya, tarbiya va tushunish. Olim ta’kidlaganidek, barcha suitsidientlar uchun suitsidal xulq-atvor ularning hayoti davomida xulq-atvorining umumiy usuli bilan mutanosibligi umumiy qonuniyat bo‘lib keladi.
Suitsidal xulq-atvorni tahlil etishning ijtimoiy yondashuv asoschisi E.Dyurkgeym hisoblanadi. Suitsidologiyada birinchi klassik asar hisoblangan - “O‘z joniga qasd qilish: ijtimoiy etyud” (1897) asarida, jamiyatdagi alohida shaxslar tomonidan o‘z joniga qasd qilish sodir etish ehtimoliga jamiyatning ta’sir qilish mexanizmi o‘rganib chiqilgan. E.Dyurkgeym tomonidan o‘z joniga qasd qilishni sodir etishning sabab va shartlarini tahlil etarkan, bunda o‘z joniga qasd qilish foizi ijtimoiy sabablarga bog‘liqligi va jamiyatning ma’naviy tuzilishi bilan aniqlanadi. Suitsidallik, jamiyat tuzilishining ikkita komponenti bilan aniqlanadi: jamiyatning fikr, maqsadlari va qiziqishlar roziligi darajasi bilan (ijtimoiy integratsiya) va alohida insonga jamiyatning ta’sir qilish darajasi bilan belgilanishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, Dyurkgeym o‘zi rivojlantirgan “Ijtimoiy organizm”, “Jamoa ruhi” va boshqa tushunchalar haqida qarashlariga muvofiq, har bir ijtimoiy guruhga faqatgina unga xos suitsidga jamoaviy moyillik mansub deb xisoblagan. O‘z navbatida bu moyillik individual moyilliklar ifodalanishini aniqlaydi. Moyillik hozirgi vaqtda jamiyatga mansub uchta oqimga asoslanadi altruizm, egoizm va anomiya. Bu jamoa moyilliklari interiorizatsiya jarayoni natijasida individ xulq-atvorini va uning o‘z hayoti va o‘limiga munosabatini aniqlab beradi. Shunga muvofiq suitsidning ham uchta turi mavjud: altruistik, egoistik va anomik turlari.
Shunday qilib, ijtimoiy konsepsiyaning kelib chiqish asosida suitsidal xulqatvorda ijtimoiy integratsiya pasayishi va mustahkam emasligi yotadi, o‘z joniga qasd qilish esa hamma holatlarda individni ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlari nuqtai nazaridan tushunish mumkin, bu vaziyatda ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, keltirilgan nazariyaning katta ahamiyatga ega ekanligiga qaramasdan suitsidal tendensiyalar rivojlanishi ba’zi bir xususiyatlarini anglash, ijtimoiy va jamoa omillarini o‘rganish - bular muammo o‘rganishinig faqat bir tomoni. Alohida insonning suitsidal harakatini tushunish uchun shaxs va ijtimoiy madaniy omillarni o‘rganish zarur deb o‘ylaymiz.
Xulosa Xulosa qilib aytganda inqiroz — taraqqiyotda orqaga ke-tish, tanazzul. Har qanday obyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni Inqiroz davri deyiladi. Inqiroz tushunchasining mazmuni psixik o`sishdagi ziddiyat, qarama-qarshilikdan iborat. Bu jarayonda bolalar bilan kattalar o`rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Inqiroz bolalarda xilma-xil ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan ularning qondirilishi imkoniyatlari o`rtasida to`siq sifatida vujudga kelar ekan albatta uning ta‘sirida u yoki bu tomonga o`zgarish ro`y beradi. Masalan, ma‘lum taraqqiyot bosqichida bolada vujudga kelgan mustaqil harakat qilish ehtiyoji uni mustaqillikka erishishi uchun turtki bo`lib xizmat qiladi va bola muayyan darajada mustaqillikka erishadi. Ikkinchidan, kattalarning bu jarayonda yo`l qo`yishi mumkin ta‘lim va tarbiyaviy xatolari oqibatida ular ruhiyatida ayrim salbiy illatlar paydo bo`lishi mumkin. Demak inqirozni na salbiy va na ijobiy jarayon deb baholashga to`g`ri keladi.