304-guruh talabasi murodova dilobar oilaga psixologik xizmat ko'rsatishning psixologik mexanizmlari Annotatsiya



Yüklə 10,51 Kb.
tarix27.04.2023
ölçüsü10,51 Kb.
#103523
kouching maqola2


304-guruh talabasi MURODOVA DILOBAR
Oilaga psixologik xizmat ko'rsatishning psixologik mexanizmlari
Annotatsiya: Maqolada bugun jamiyatimizning asosiy bo'g'ini bo'lgan oila va unga psixologik xizmat ko'rsatishning o'ziga xos bo'lgan psixologik mexanizmlariga to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Taraqqiyot, psixologik xizmat, oila instituti, nikoh, psixologik muammo, shaxs, oilaviy munosabatlar

Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko'rsatmoqdaki, jamiyatning har tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror toptirilishi, avvalo, har bir shaxsning o'ziga xos psixologik bilim va salohiyatining ne chog'lik to'la-to'kis namoyon etayotganligi bilan belgilanadi. Shu boisdan bo'lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanish yo'lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o'z fuqarolarining ma'naviy, intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va bundan ijtimoiy manfaatlar uchun samarali foydalanish yo'llarini izlashga jiddiy e'tibor qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan, har bir mamlakatda inson va uning ijtimoiy munosabatlari o'rtasida uyg'unlikni ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.


Shuni alohida qayd etish kerakki, hanuzgacha O'zbekistonda mukammal dasturga va amaliy tajribalar yakuniga asoslangan yagona psixologik xizmat tizimini boshqaruvchi rasmiy maqomga ega bo'lgan Markazning mavjud emasligi va ayni paytda, psixologik xizmat tizimining bugungi holati va uning amaliy faoliyat yo'nalishlarini har tomonlama, chuqur tahlil qiluvchi va shu tahlillar asosida psixologik xizmatning istiqbollarini ochib beruvchi maxsus tadqiqotlarning taqchilligi, ayniqsa, oilaviy munosabatlar tizimidagi muammolarni hal qilishga amaliy yordam beruvchi psixologik xizmatning barcha fuqarolar foydalanishi mumkin bo'lgan darajada tashkil qilinmaganligi nihoyatda dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Demak, mazkur muammoni bartaraf etish uchun, O'zbekistonda psixologik xizmatning joriy etilishi, bugungi holati va istiqbollarini o'rganishga, tahlil qilishga va izohlashga bag'ishlangan psixologik, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning olib borilishi kelajagi buyuk bo'lgan O'zbekistonimiz ravnaqi uchun kechiktirib bo'lmas davr taqozosidir.
Mustaqillik yillarida aholi sonining muttasil o'sib borishi hisobiga yosh oilalar soni ham oshdi. Shuninguchun bugungi kunimiz va ertangi istiqbolimiz uchun eng muhim va dolzarb masala - oilaga e'tiborni kuchaytirish, uni ijtimoiy-psixologik himoyalash va qo'llab-quvvatlash lozim. Demak, oila instituti jamiyat hayotiy faoliyatida ulkan ahamiyatga ega ekan, ijtimoiy psixologiya, amaliy psixologiya, oila psixologiyasi doirasida uning rivojlanish qonunlarini, barqarorligi va mustahkamligi omillarini aniqlash, aniqlangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo'yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqish, oilaning har bir a'zosi uchun psixologik xizmatdan foydalanish imkonini yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila va nikohning mustahkamligini saqlash, oilada sog'lom ijtimoiy muhitni yaratishga ko'maklashish orqali oila barqarorligini ta'minlash, oilaviy nizolar, ajrimlar, suisid holatlarining oldini olish hamda psixologik ko'makka muhtoj bo'lgan oila a'zosini psixologik bilimlar bilan qurollantirish va uning psixologik himoyalanishiga erishish esa bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Oilaviy psixologik xizmatning metodologik asoslari sifatida talqin qilingan yuqoridagi fikr-mulohazalar ijtimoiy psixologiyaning quyidagi amaliy-tatbiqiy yo'nalishlariga bugungi kunning eng dolzarb muammolari sifatida qarashni taqozo etadi.
1. Oilaviy psixologik xizmat har bir oila a'zosining ijtimoiy va hissiy qoniqish jarayonini tadqiq qilishga qaratilgan usullar va uslublar majmuasiga asoslanishi;
2. Oilaviy psixologik xizmat shaxslarning (qaynona, qaynota, kelin, kuyov, er, xotin, farzand va h.k.) ijtimoiy jarayondagi o'z-o'ziga, o'zgalarga munosabatlaridagi ierarxik tizim dinamikasini tadqiq qilish va shu tizim asosida ijtimoiy psixologik muhitning yaratilishiga zamin hozirlay olishi bilan bog'liq izlanishlar ko'lamini o'z ichiga olishi;
3. Oilaviy psixologik xizmat jarayoni oila a'zolari bilan bog'liq muhim ijtimoiy ko'rsatkichlarning tahlili hamda har bir shaxs uchun xarakterli bo'lgan individual xususiyatlar va ijtimoiy ustanovkalarni qaror toptirilishini o'rganish asosida amalga oshirilishi;
4. Oilaviy psixologik xizmat jarayonini ijtimoiy-psixologik muhofaza vositasi sifatida tadqiq qilish muammosi bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va bu muammoni bartaraf etishda ma'lum psixologik tamoyillarga tayanish talab qilinadi. Oilaviy psixoterapiya o'z taraqqiyoti davomida ikki bosqich (tibbiy va psixologik)ni bosib o'tdi. 20-asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab, sobiq ittifoqda faqat tibbiy natijalarni emas, balki oilalar a'zolarining shaxs sifatidagi takomili hamda ular orasidagi munosabatlarni maqsadga muvofiq ta'minlashga yo'naltirilgan psixologik maslahat va psixologik oilaviy terapiya jadal rivojlana boshladi.
Bunda ko'proq E.G.Eydemillerning hammualliflikda chop etgan «Oilaviy psixoterapiya» (1990) nomli ilk monografiyasi muhim rol o'ynadi. Unda mualliflar asab-psixik kasalliklarini davolashda oilaviy psixoterapiyada qo'llanadigan tadqiqot metodlari, mazkur jarayonga xos mexanizmlar xususidagi xulosalarni umumlashtirganlar. Ular oilani bosqichma-bosqich ko'p funksiyali va ko'p darajali tizim sifatida tasnif etadigan yangi metodologik yondashuvlarni taklif etdilar.
Olimlarning ta'kidlashlaricha, oilaning biror a'zosi asab-psixik kasalliklardan aziyat cheksa, oilaning bir butunligiga putur yetadi va guruhiy patologik xarakter kasb etuvchi psixologik himoyaning mexanizmlari shakllana boshlaydi. Bugungi kunda oilaviy psixoterapiya psixoterapiyaning boshqa yo'nalishlari, xususan, individual va guruhiy psixoterapiya bilan chambarchas bog'liqlikda jadal rivojlanmoqda.
Oxirgi o'n yillikda oilaviy psixologik xizmat rivojida keskin yuksalish ro'y berdi, oiladagi muammolarni bartaraf etishga ko'maklashishni o'z oldiga maqsad qilib olgan turli muassasa va tashkilotlar vujudga keldi. Oilaga xizmat ko'rsatuvchi psixolog, psixoterapevtning asosiy tamoyili taxminan quyidagi jumlada ifodalanishi mumkin: «Men Sizning ko'p muammolaringizni, ayniqsa, oilaviy masalaga aloqadorlarini hal qilib bera olmayman. Bu muammolarni o'zingiz bartaraf etishni o'rganishingiz zarur. Buning uchun esa kerakli bilim hamda ko'nikmalarni egallashingiz darkor. Biroq ularni o'zlashtirganingizdan so'ng mening maslahatlarim Sizga bag'oyat foydali bo'lishi mumkin. O'shanda men Sizga maslahat va tavsiyalar berishim, Sizni qo'llab-quvvatlashim mumkin». Masala, muammoning shu taqlit qo'yilishi natijasida oila a'zolari psixologdan sust shaklda yordam kutayotgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan o'ta noxush psixoterapevtik vaziyatlardan xalos bo'lish imkoni tug'iladi. Mijoz yoki yordam ko'rsatish lozim bo'lgan shaxs bunday paytda o'z muammolarini hal qilish uchun psixolog bilan birgalikda faol harakat qila oladi.
Yüklə 10,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin