Qoʻqon universiteti Ta’lim fakulteti “Psixologiya” (amaliy psixologiya) taʼlim yoʻnalishi PS 2-21- guruh talabasi Muxtorov Alijon Xoliq oʻgʻliga
ilmiy rahbar
Tavsiyanomasi
Muxtorov Alijon Xoliqovich o’g‘li 2004-yil 3-martda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tugʻilgan. U Saroy qishlogʻida joylashgan 26-umumiy oʻrta ta’lim maktabida 2010-yildan 2021-yilgacha tahsil olgan. 2021-yilda Qoʻqon universitetining Psixologiya (amaliy psixologiya) yoʻnalishiga talabalikka qabul qilindi. Hozirgi kunda oʻz ta’lim faoliyatini namunali olib bormoqda. U kamtar, yaxshi xulq, toʻgʻri soʻz, xushmuomala va ilmli talaba sifatida talaba-doʻstlari va universitet jamoasining hurmatini qozongan.
U Qoʻqon universitetida iqtidorli, bilimli, yuqori reyting bahosi bilan tahsil olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan, universitet akademik hayotida alohida faollik koʻrsatayotgan talabalardan biridir.
Muxtorov Alijon universitet, respublikamiz va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan koʻplab ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek Universitet va fakultet miqyosidagi turli xil tadbirlar, bahs va munozaralarda, jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Respublika miqiyosida tashkil etilgan innovatsion startap g‘oyalar yuzasidan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi saralash va tuman bosqichlari g‘olibi, Qo’qon universitetida tashkil etilgan "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili munosabati bilan qo‘qon universitetida o‘tkaziladigan “Ta’lim sifati yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuksaltirishning muhim omili” mavzusidagi ilmiy amaliy konferensiyasida kafedra nomidan faol qatnashib “Shaxsning salbiy xulq-atvori shakillaishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar”, “Otа-onа-bolа munosаbаtlаri tizimi”, “Turli din vakillari o'rtasidagi munosabatlarning psixologik tamoyillari”, “Ta'lim jarayonida ish stressi bilan bog‘liq muammolarga psixologik yechim”, “Boshlang‘ich sinf o’quvchilarini maktabga moslashuvida psixologik yordam.” kabi maqolalar muallifi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedogogika Universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ham kafedra nomidan faol qatnashgan xususan, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonida yuzaga keluvchi muammolar ” nomli maqola muallifi.
Alijon Muxtorov Xalqaro Jurnal hisoblangan Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) jurnali uchun “Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari:muammo va ularning yechimlari”
mavzusida maqola yozgan, Ta’lim fidoiylari nomli milliy jurnalda maqolalar chop ettirgan ular quyidagicha, “Jamiyatni rivojlantirish uchun empirik tadqiqot va uning metodlari”, “Glaballashuv jarayonlari va uning zamonaviy sharoitlarida tarbiyaga ta’siri”, “Faol texnologiyalarni o’smirlar psoxologiyasiga ta’siri”, “Ta’lim metodlari va vositalari” nomli maqolalar muallifi.
Shu bilan birga keng jamoatchilik e’tibor markazida bo’lmish Ozon qatlami yemirilishiga qarshi Xalqaro National Save Ozone dasturiga loyiha ishi topshirgan.
Nufuzli Cambridge International University tomonidan tashkil etilgan Respublika miqiyosida tashkil etilgan “Millat Umidi granti” tanlovida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan, World Global Clean mate tanloviga faol qatnashib sertifikat bilan taqdirlagan.
Uning jamoat Ichida faolligi Farg‘ona viloyati FarDU da Tashkil etilgan Oliy zakovat Tanlovida Qo’qon universiteti nomidan borib faxrli 3-o’rinni egallab kelgan va sovg‘alar olib kelgan, Qo’qon universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlab o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinida o’z jamoasi “Psixologlar” nomi bilan ishtirok etib faxrli 4-o’rinni egallagan va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan, Universitetning sirtqi va kunduzgi talabalari o’rtasida o’tkazilgan zakovat o’ynida faxrli 1-o’rinni egallab esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.
U oʻzining aql-zakovati, bilimdonligi, tirishqoqligi, muomala odobi bilan har qanday ishda oʻzini koʻrsata oladi va oʻziga topshirilgan ishga masʼuliyat bilan yondashadi. Hozirgi kunda oʻz faoliyatini namunali olib bormoqda. Shu tufayli talaba doʻstlari va universitet jaomasi uni kamtar, yaxshi xulqi, toʻgʻri soʻzligi va xushmuomala talaba sifatida unga yuqori hurmat bilan qaraydi.
Muxtorov Alijonning iqtidorli va tashkilotchi talaba ekanligini hisobga olgan holda kelajakda unga oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlib, mustaqil Oʻzbekistonga xizmat qiladigan va yurtimiz rivoji uchun katta hissa qoʻshadigan inson boʻlib yetishishiga ishonch bildiraman. U oʻziga bildirilgan ishonchni oqlaydi, deb ishonamiz.
Muxtorov Alijon Xoliq o’g‘lini Universitet hayotida olib borayotgan o’quv jarayonidagi shijoatkorligi va tirishqoqligi hamda namunali xulqini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tavsiya etilgan Davlat stipendiyasiga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbari F.Hamidullayev
Dostları ilə paylaş: |