Mavzu: Saxiy va kamtar bo’ling Sinf:
2
Fan: odobnoma
Sana:
Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarga saxiyllikning,kamtarlikning fazilatlari haqida ma’lumat berish;
Tarbiyaviy: o’quvchilarda saxiylik, kamtarlik fazilatlariga xos ko’nikmalarni toptirish;
rivojantiruvchi: o’quvchilarda ochqqo’llik fazilatlarini rivojlantirish.
Dars uslubi;sahna-darsi
Dars jihozi: mavzuga oid rasimlar
Kamtaga kamol, manmanga zavol Dars texnologiyasi
Mavzu
Saxiy va kamtar bo’ling
Maqsad va vazifalar
O’qtuvchilarning: o’quvchilarda saxiylikning hikmati,saxiylikning hikmati,saxiylik-vazilat,xasislik esa illat ekanligi haqidagi tushunchani tarkib toptirish; kamtarlik fazifalari haqida ma’lumat berishg.
Dars jaryonining borishi
Tashkiliy qism.
O’tgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzuni e’lon qilish
Sahnalashtirilgan ko’rinishi.
Sehna ko’rinish haqida suhbat.
Hikoyatni o’qish va fikr bildirish.
Dam olish daqiqasi.
Dersni yakunlash va xulosalash.
Uyga vazifa topshirish.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslib: saxna-dars ; Shakil: noan’anaviy dars.
Texnologik usul: inerfaol. Vosita: darslik, sahna ko’rinishi uchun kerakli jihoz va liboslar,Hatamtoy va o’tinchi chol rasmi.Nozorat: frontal, yakka.
Texnologik xarita Darsninng borishi: I.Tashkiliy qism.
II.O’tgan mavzularni takrlash.
III.Boshlovchi-o’quvchi yangi mavzuni e’lon qiladi.
IV.O’quvchilar ijrasida Alisher Navoiyning quydagi hikoyati sahnalashtirish ko’rsatiladi.
Ey, Hotamtoy! Yer yuzida sendan ham sharafliroq, faqir-fuqarolarning ehtiyojlarini qondirgan biror insonni k’organmisan yoki eshitganing bormi?
Odob oltindan qimmat.
Hotamtoy bunday javob beribdi:
Bir kuni qirqta qo’y so’ydirdim. Яшнщафе berib, hammani taklif qildim. O’zim yana biror kimsa bormikan deb chor-atrofni aylandim. Qarasam, shox-shabbalarni bog’lab, orqalab olgan bir sol kelmoqda. Unga yaqinlashish:
Ey, ota! Hotamtoy katta ziyofat berayotganini eshitmadingizmi? Qo’ylar so’ygan, holvolar, palovlar tayyorlagan. Xalq hammasi ana shu dasturxon atrofiga to’plangan. Siz nega bormadingiz? – dedim.
Chol:
O’zim orqalagan mana shu o’tinlarni sotib, ovqat olaman. Bu ovqat men uchun Hotamtoy bergan ziyofatdan lazzatliroq. Kuch-quvvatim bor ekan, hech kimga yuk bo’lishni istamayman,- deb javob berdi.
Mana shu cholni o’zimdan ham sharafliroq bildim, uning qadrini o’zimdan balandroq ko’rdim, debdi Hotamtoy”
Aql bilan odob - egizak
V.Boshlovchi-o’quvchining quyidagi savollari asosida muammo yechimini izlashga qaratilgan suhbat o’tkaziladi:
1.O’tinchi chol nega Hotamtoyning ziyofatiga borishni xohlamadi?
2.Qariyaning saxiyligi nimada?
VI. Avvaldan tayyorlanib kelgan o’quvchi saxiylik va kamtarlik haqida “Buni bilib oling” shartli belgisi orqali berilgan ma’lumotlarni o’z fikrlari bilan boyitib izohlaydi.
VII.Darslikdan hikoyatni va “Kartarga kamol, manmanga zavol” hikoyasini o’qish va ilovada berilgan savol va topshiriqlar asosida tahlil qilish.
VIII.Dam olish daqiqasi: Saxiylik va kamtarlik haqida qo’shiq tinglanadi.
IX.Darslikda berilgan rasmlar mazmuni izohlanadi.
X.Dars yakunlanib, o’quvchilar bilimi rag’batlantiriladi.
XI.Uyga vazifa: Saxiylik haqida maqollar topib kelish va “Men bilgan kamtarin inson” mavzusida matn tuzib kelish.