1-mavzu: Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashga salbiy ta’siri



Yüklə 20,78 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü20,78 Kb.
#202581
3-топшириқ


1-mavzu: Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashga salbiy ta’siri


1. Missionerlik so‘zlining mazmun-mohiyati nimada?
Missionerlik so’zi asli lotincha bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish» degan ma’nolarni anglatadi.


2. Prozelitizm deganda nimani tushunasiz?
Prozelitizm - bir dinga ishongan fuqaroni oʻz dinidan voz kechishga va oʻzga dinni qabul qilishga majbur qilish.


3. Missionerlik tashkilotlari asosan qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
Missionerlik tashkilotlarning maqsadlari asosan uch nuqtaga qaratilgan:
1.Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan g‘arb davlatlari ta’sir doirasiga tushurish.
2.Xalqlar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga shubha uyg‘otish ishonch va e’tiqoddan yuz o‘girish va undan chiqqishiga olib kelish.
3.Xristianlikni qabul qilganlarni o‘z e’tiqodida qattiq turishini ta’minlash va shu orqali ularning safini “Yangi xristianlar” bilan to‘ldirish.


4. Zamonaviy sektalar tomonidan missionerlik faoliyatini olib borishda qanday uslublardan foydalanilmoqda?
Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 5000 ga yaqin diniy sekta faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga xos xususiyatlar haqida gap ketar ekan, ayrim sektalar muayyan konfessiya doirasida shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida targ‘ibot olib borishga, ba’zi sektalar esa boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan ham o‘z tarafdorlarini shakllantirishga harakat qilishini ta’kidlash zarur.


5. Missionerlik qanday vujudga kelgan?
XIII — XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XV — XVI asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.
Missionerlik XIX asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini targ'ib qilishda yordam berdilar.

1. “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Bu norma Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 bob. 75-moddasi.


2. Vijdon erkinligi nima?
Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi.


3. Diniy bag‘ri kenglik deganda nimani tushunasiz?


Diniy bag’rikenglik - boshqacha diniy qarashlar, axloqlar va turmush tarziga nisbatan murosa qilib yashashga odatlanish. Qator mamlakatlarda ko‘p sonli diniy e’tiqod egalari bilan birga kam sonli boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar birgalikda, yagona jamiyatda hamkor, hamnafas bo‘lib yashashlarining zarur sharti. O‘zbekiston xalqlarining diniy bag‘rikenglik an’analari o‘zining ham milliy, ham umumbashariy mohiyati bilan purviqordir. Mamlakatimizda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar diniy bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangandir.
Yüklə 20,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin