84-modda. Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish natijalari
Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash natijalari besh balli tizim bo‘yicha baholanadi.
Agar shaxs malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish yakunlariga ko‘ra uch va undan yuqori ball olsa, unga uch kunlik muddatda malaka pasporti, agar uchdan past ball olsa, malaka, bilim va ko‘nikmalar baholashdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Malaka, bilim va ko‘nikmalarni baholash natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Malakani baholash markazi tomonidan ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish yakunlariga ko‘ra qabul qilingan qarorlardan norozi bo‘lgan shaxslar imtihondan o‘tish natijalari to‘g‘risida o‘zlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran o‘n kalendar kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yozma ravishda shikoyat berishga haqli.
Ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish natijalari va malaka pasportlarini berish bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Berilgan malaka pasportlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestriga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |