1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə82/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113
642-qonun(1)

85-modda. Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri

Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladi.

Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslar milliy reyestrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ta’minlab borish O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

tartib raqami;

identifikatsiya raqami (avtomatik ravishda hosil bo‘ladigan noyob raqam);

talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholashdan o‘tishni xohlovchi shaxsning) familiyasi, ismi, otasining ismi;

talabgorning (kasbiy malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholashdan o‘tishni xohlovchi shaxsning) pasport ma’lumotlari;

malaka, bilim va ko‘nikmalar baholashdan o‘tkazilgan kasb (mutaxassislik) (yoki tegishli chet tili);

malaka, bilim va ko‘nikmalar baholashdan o‘tkazilgan kasb (mutaxassislik) kodi (bundan chet tilini bilishga doir imtihon topshirilgan hollar mustasno);

tegishli kasb (mutaxassislik) bo‘yicha malaka, bilim va ko‘nikmalarni yoki chet tilini baholash;

Oldingi tahrirga qarang.

chet davlat qonunchiligining bazaviy asoslarini bilish darajasini baholash;



(85-modda uchinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

chet davlatning tayanch madaniy-etnik asoslarini bilish darajasini baholash — mavjud bo‘lgan taqdirda;

malakani baholash markazining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);

telefon (faks) raqami;

rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi;

ishchilarga malaka razryadi va mutaxassislarga malaka toifasi berish bo‘yicha imtihonni topshirish sanasi va vaqti;

berilgan malaka pasportlari to‘g‘risida axborot;

akkreditatsiya qilingan sana va akkreditatsiya raqami.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilinayotgan axborot turlarini to‘ldirishi mumkin.

Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestridagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda tanishish uchun ochiq bo‘ladi.

Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestri kasblar (mutaxassisliklar), chet tillarining turlari va boshqa belgilar bo‘yicha ajratilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda malakani baholash markazlari ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlarni Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestriga elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda, himoyalangan tarzda foydalanish yo‘li bilan mustaqil ravishda kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi malakani baholash markazlari tomonidan malakasi, bilimi va ko‘nikmalari baholashdan o‘tkazilgan shaxslarning malakasi, bilimi va ko‘nikmalarini baholash sifatini tekshirish, shu jumladan uchinchi tarafni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan tekshirish hamda tekshiruv yakunlariga ko‘ra malaka pasporti olgan shaxslarning Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrida bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin