88-modda. Milliy va tarmoqqa oid malaka doiralari
Milliy malaka doirasi sakkizta malaka darajasini o‘z ichiga oladi va har bir malaka darajasi uchun kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan ko‘rsatkichlar tavsiflari — bilim, mahorat va ko‘nikmalar, shaxsiy hamda kasbiy bilimlar, shuningdek malakaga erishish yo‘llari aniqlanadi.
Milliy malaka doirasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy malaka doirasi asosida davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda tegishli malaka darajalarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tarmoqqa oid malaka doiralarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |