90-modda. Kasbiy standart loyihasini ko‘rib chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
kasbiy standart loyihasini avval belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xuddi shunday kasbiy standart mavjudligi (mavjud emasligi) yuzasidan tekshiradi;
kasbiy standart loyihasini o‘z rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiradi;
kasbiy standart loyihasining ekspertizasini amalga oshiradi, shu jumladan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiradi;
ijobiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda, kasbiy standart loyihasini ekspert xulosasi bilan birga Respublika kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
kasbiy standart tasdiqlanganidan so‘ng uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
kasbiy standart davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng tegishli axborotni ishlab chiquvchiga uch ish kuni davomida yuboradi.
Kasbiy standart loyihasini har qanday bosqichda ko‘rib chiqish chog‘ida bartaraf etiladigan kamchiliklar va fikr-mulohazalar aniqlangan taqdirda, o‘n kalendar kun ichida ishlab chiquvchiga loyihani maromiga yetkazish uchun fikr-mulohazalar va tavsiyalar yuboriladi.
Kasbiy standartning maromiga yetkazilgan loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan qayta kiritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yangidan kiritilgan loyiha sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kasbiy standart Respublika kengashining xulosasi asosida tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |